Rossiya Özbekistonga 32 yoşli Suhrob Fozilovni ekstradatsiya qildi, u 2010 yildan beri respublika huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan qidirilayotgandi. Bu haqda Moskva şahar prokuraturasi xabar berdi.

Erkak Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 242- (jinoiy uyuşma taşkil etiş), 168- (firibgarlik), 243-moddalarida (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

«Fozilov Özbekiston hududida 2007 yildan 2009 yil iyun oyiga qadar jinoiy guruh taşkil qilgan. U offşor hududlarda röyxatdan ötgan xorijiy kompaniyalar vakillari yordamida taşkil etilgan bölib, moliyaviy piramida şaklidagi totalitar hamda destruktiv xarakterga ega bölgan va bu jinoiy guruh tuzilmaviy bölinmasiga rahbarlik qilib, uning faoliyat yuritişini ta'minlagan», - deyiladi xabarda.

Xususan, jinoiy guruh a'zosi va jinoiy uyuşma bölinmalaridan birining rahbari sifatida u, aldaş va işonçni suiiste'mol qiliş yöli bilan 2008 yildan 2009 yilning iyun oyigaça bölgan davrda Samarqand viloyati hududida yaşovçi 140dan ortiq fuqaroning mol-mulkini öğirlab ketgan. Ularning umumiy qiymati 61 ming dollardan ortiq bölib, bu xorijiy kompaniya hisobiga ötkazilgan.

Şu bilan birga, Fozilov jinoiy guruhning boşqa bölinmalari rahbarlari bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirgan: 2008-2009 yillarda 13 million dollardan ortiq mablağni. U öta yirik miqdorda valyuta qimmatliklarini xarid qilgan va sotgan, şuningdek, Rossiya Federatsiyasining vakolatli banklari hisoblariga ötkazilişi lozim bölgan valyuta mablağlarini atayin yaşirgan.

2017 yilning noyabr oyida davlatlararo qidiruvçi bölgan Fozilov Moskva metrosida huquq-tartibot xodimlari tomonidan qölga olingan.

Moskva prokuraturasi organlari tomonidan ötkazilgan ekstraditsion tekşiruv natijalariga köra, Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi uni ekstraditsiya qiliş haqida qaror qabul qildi.