Falastinni ozod etiş taşkilotining (FOT) AQŞdagi missiyasi rahbari Husam Zomlot AQŞ hukumati uning oilasidan mamlakatni tark etişni söraganini ma'lum qildi.

Avvalroq AQŞ ma'muriyati falastinliklarning AQŞ prezidenti Donald Tramp bildirgan tinçlik böyiça taşabbuslarida iştirok etişdan boş tortişi hamda ularning Isroilni Xalqaro jinoyat sudiga tortiş rejasi sababli FOTning Vaşingtondagi vakolatxonasi faoliyati töxtatilişini e'lon qilgandi. 

“Mening oilam yakşanba keçasi mamlakatni tark etiş iltimosidan ajablandi. Oilam va farzandlarimdan zudlik bilan ketişni söraşgan. Ular Ramallohga qaytmoqdalar”, deb ma'lum qilgan Zomlot.

Uning ta'kidlaşiça, AQŞ hukumati FOTning bank hisob raqamlari va Vaşingtondagi ofisini yopgan. 

Falastinning Al-Watan Voice portali manbalarga iqtibos keltirgan holda Zomlot oilasi a'zolarining vizalari 2022 yilgaça amal qilişiga qaramay, bekor qilinganini tasdiqlagan.

Falastinliklar Trampni Isroil foydasiga noxolislikda ayblab, AQŞ Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olgandan keyin Yaqin Şarqdagi tinçlik taşabbuslarida iştirok etişdan boş tortişmoqda.