Prezidentning 11.09.2018 yildagi «Hududlarda tadbirkorlik taşabbuslari va loyihalarini jadal amalga oşirişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori imzolandi. 
 
Hujjat bilan Hududlarda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş komissiyasi, şuningdek tegişli hududiy guruhlar taşkil etildi. Bu biznes va investitsiya loyihalarini amalga oşiriş şart-şaroitlari va tartibida öz aksini topdi, deb yozadi Norma.
 
Birinçidan, böş turgan davlat mulki obektlari va yer uçastkalari ularda istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş böyiça majburiyatlarni, tadbirkorlik sub'yektlarining aniq investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini körsatgan holda auksion savdolariga qöyiladi.
 
Yangi hujjat talablariga muvofiq ötkaziladigan elektron auksionni ötkazişning umumiy muddati, istisno tariqasida, «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonçasida amalga oşiriladigan barça tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oşmasligi lozim.
 
Obektlar yoki yer uçastkalari auksion ğolibiga 1 yilgaça muddatda oldindan zaxiraga oliş şartlarida (loyihaning murakkabligidan kelib çiqib, muddatini uzaytiriş imkoniyati bilan) keyinçalik investitsiya şartnomasida körsatilgan şartlar bajarilganidan söng egalik va foydalaniş huquqini rasmiylaştirgan holda beriladi. Majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, zaxiraga oliş bekor qilinadi, investorning xarajatlari esa qoplanmaydi.
 
Ikkinçidan, hududlar kesimidagi salohiyatli loyihalar YaIDXPda, hokimliklarning veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda joylaştiriladi, televideniyeda e'lon qilinadi.
 
Uçinçidan, tadbirkorlik sub'yektlari salohiyatli loyihalarni tanlaşda Davlat xizmatlari markazlariga yoki bevosita hududiy guruhning işçi organiga murojaat qilişi mumkin, u yerda tegişli hujjatlar hududiy guruhning işçi organiga yuboriladi.
 
Törtinçidan, hududiy guruhlar, zarur hollarda, tadbirkorlik taşabbuslari va loyihalarini amalga oşiriş uçun salohiyatli xorijiy investorlarni izlaş va topiş böyiça faoliyatni amalga oşiriş huquqiga ega. Buning uçun ular Özbekistonning diplomatik vakolatxonalarini jalb etgan holda xorijga çiqişlari hamda xalqaro investitsiya forumlari va konferensiyalarda iştirok etişlari mumkin.