Hukumatning 2026-yil 21-oktabrdagi 584-son qarori bilan Loyiha-qidiruv işlari qiymatini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga köra, maqsadli dasturlar doirasida byudjet tizimi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan obyektlarda mualliflik nazorati xarajatlari şartnomada alohida körsatiladi. Bu xarajatlar loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş qiymatining 10 foizi miqdorida belgilanadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaş böyiça şartnomalarga muvofiq, loyiha taşkilotlariga bir marta 30 foiz miqdorida oldindan bönak tölanadi.
Loyihalaştiriş topşiriqlari raqamli formatda bölişi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanişi talab etiladi. Tayyor loyiha-smeta hujjatlari «Şaffof quriliş» milliy axborot tizimi orqali qabul qilinib, avtomatik ravişda bir iş kunida ekspertizaga yuboriladi.
Loyihalaştiriş topşiriqlarini raqamlaştiriş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi:
- 2026-yil 1-dekabrga qadar - maktab va maktabgaça taʼlim taşkilotlari obyektlari;
- 2027-yil 1-sentabrga qadar - soğliqni saqlaş obyektlari;
- 2028-yil 1-iyunga qadar - boşqa yönalişdagi obyektlar.
2027-yil 1-martdan maqsadli dasturlar doirasida byudjetdan moliyalaştiriladigan obyektlarning loyiha hujjatlariga yagona yondaşuv joriy etiladi. Namunali va takroriy qöllanadigan loyihalar «Şaffof quriliş» tizimiga joylaştiriladi.
Bunday obyektlar qurilişi tasdiqlangan namunaviy loyihalarni muayyan joy şaroitiga moslaştiriş orqali amalga oşiriladi. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bundan mustasno.
Loyiha hujjatlari böyiça ijobiy ekspertiza xulosasi olinib, ular buyurtmaçi xizmatining içki buyruği bilan tasdiqlanganidan keyin asoslantirilmagan qöşimça va özgartirişlar kiritiş taqiqlanadi.
Şuningdek, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlaridagi obyekt qiymati loyiha taşkilotini tanlaşda foydalanilgan dastlabki qiymatdan 1,5 baravardan ortiq oşsa yoki şunça nisbatda kamaysa, loyiha-qidiruv işlari qiymati qayta hisoblanadi.
Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan uç oy ötgaç kuçga kiradi.

















