Xitoyning temiryöl tarmoği uzunligi 165 ming kilometrdan oşgan. Mamlakatda avtomobil yöllari, portlar, energetika va suv xöjaligi inşootlarining keng tizimi mavjud. Yangi qurilişlar esa bu tarmoqlarni kengaytiriş, özaro boğlaş va mavjud obyektlardagi ötkaziş quvvati yetişmovçiligini bartaraf etişga qaratilgan.

1. Tibetda beşta GESdan iborat kaskad

Yarlung-Sangpo daryosining quyi oqimidagi gidroenergetika majmuasi qurilişi 2025-yil iyulida Tibet avtonom rayonining Ningçi hududida boşlangan. Loyiha beşta kaskad gidroelektr stansiyasini barpo etişni nazarda tutadi. Uni rivojlantiriş va ekspluatatsiya qiliş uçun China Yajiang Group kompaniyasi taşkil etilgan.

Daryo Tibet toğligini kesib ötib, janubi-şarqda keskin pastga tuşadi va quyi oqimda Braxmaputra nomi bilan davom etadi. Baland toğlar, katta balandlik farqlari va murakkab geologik şaroit qurilişni qiyinlaştiradi.

Loyihaga Hindiston va Bangladeş ham eʼtibor qaratmoqda. Çunki yuqori oqimdagi inşootlarning suv rejimi va ekologiyaga taʼsiri daryo havzasidagi boşqa davlatlar uçun ham ahamiyatli.

Yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd / © Xinhua

2. Yölining qariyb 94 foizi köprik va tunnellardan iborat temiryöl

Siçuan–Tibet temiryölining Yaan–Ningçi qismi taxminan 1018 kilometrni taşkil etadi. Şundan qariyb 841 kilometri 69 ta tonneldan, yana 112 kilometri esa 104 ta köprikdan ötadi.

Oddiy yer usti temiryöl polotnosiga atigi 64 kilometr atrofidagi masofa töğri keladi. Köprik va tunnellarning umumiy uluşi 93,7 foizga yetadi.

Yönalişda 24 ta stansiya qurilişi közda tutilgan. Relyefga qarab, poyezdlarning loyihaviy tezligi soatiga 120–200 kilometrni taşkil etadi.

Baland toğlar va çuqur daryo vodiylarida qurilişning özi bilan birga işçilar, uskunalar va materiallarni yetkaziş ham murakkab vazifa. Şu bois asosiy liniyaga xizmat qiluvçi avtomobil yöllari ham taʼmirlanib, modernizatsiya qilinmoqda.

3. Yanszi daryosi ostidagi 11 kilometrlik tunnel