Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğanning Soçidagi muzokaralari 4,5 soat davom etdi.  

Putin Boçarov ruçey qarorgohida ötgan muzokaralarni sermazmun deb atagan. Bu muzokaralar joriy yilda Putin va Erdöğan örtasida bölib ötgan 4-muzokaralar böldi.

Putin uçraşuv natijalariga izoh berar ekan, Rossiya va Turkiya Suriyaning Idlib viloyatida qurollangan muxolifat va hukumat qöşinlari töqnaşiş çiziği böylab qurolsizlaştirilgan hudud taşkil etişga kelişib olganini ma'lum qilgan.  

Putinning ta'kidlaşiça, uşbu hudud eni 15-20 kmga çözilib, 15 oktabrda taşkil etiladi. Hududni Turkiya qurolli kuçlari bölinmalarining harakatçan patrul guruhlari va Rossiya harbiy politsiyasi nazorat qiladi. 

Erdöğanning taklifiga köra, uşbu hududdan 10 oktabrgaça oğir texnika, tanklar, yoppasiga öt oçiş reaktiv tizimlari, barça muxolif guruhlarning qurol-aslahasi va minomyotlari olib çiqiladi.

Putin tez fursatlarda Suriyada konstitutsiyaviy komissiya faoliyatini ta'minlaşga çaqirdi. Rossiya prezidenti, şuningdek, yaqin orada Idlibdagi vaziyatni tartibga soliş böyiça maslahatlaşuvlar bölib ötişini ma'lum qilgan.