27-28 sentabr kunlari Prezident Şavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi Komil Allamjonov xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, taşrifning birinçi kuni qator ikki tomonlama tadbirlar jadvali asosida ötkaziladi. Taşrifdan asosiy maqsad, 28 sentabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Duşanbe şahrida MDH Davlat rahbarlari kengaşi majlisida iştirok etişidir.
Şuningdek, uşbu safar davomida tor va keng doiralarda muzokaralar ötkazilişi, qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.
MDH davlat rahbarlari sammitda iştirok etiş doirasida tojikistonlik metallurglar şahri - Tursunzodaga taşrif buyurişi kutilmoqda.
Tojik mahalliy naşrlari tarqatgan xabarga köra, Özbekiston rahbari «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi»ning faoliyati bilan tanişadi. Mirziyoyev bilan birgalikda zavodga Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ham taşrif buyuradi. Prezidentlar respublikada tokçi sohibkor dehqonlar sifatida maşhur bölgan Kamol Hoji Madumarov va Ne'mat Hoji Usmonovlarning dehqon xöjaliklariga taşrif buyurişadi.
Şu bilan birga, prezidentning taşrifi arafasida Duşanbe-Tursunzoda avtomobil yöli böyida joylaşgan barça uylarning taşqi qismi ta'mirlanmoqda.












