Şu yil 18 sentabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston şahrida yaşovçi X.M. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
U şu yil 15 sentabr kuni noma'lum şaxslar özining uyidan 4500 AQŞ dollarini öğirlab ketganliklarini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Toşkent viloyati Çinoz tumanida yaşovçi, Guliston şahar Axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji 3-bosqiç öquvçisi S.Ş. va Boyovut tumanida yaşovçi J.O. sodir etganliklari aniqlanib uşlanganlar.
Tergov davom etmoqda.












