2025 yilga kelib Özbekiston energetika balansida qayta tiklanuvçi energiya (QTE) manbalari uluşi 20 foizga yetkaziladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmonida aytiladi.
Avvalroq, 2030 yilga kelib bu raqam 7,2 foizga yetişi rejalaştirilgandi. Bugungi kunda uşbu körsatkiç 1 foizdan oşmaydi.
Prezident qöyilgan vazifalarni amalga oşiriş uçun 2019 yilning 1 iyuliga qadar çora-tadbirlar kompleksini işlab çiqiş haqida topşiriq berdi, bu qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi işlab çiqariş sohasida mamlakat yoqilği-energetika muvozanatini diversifikatsiya qiliş imkonini beradi.
Davlat rahbarining topşiriğiga köra, bu sohadagi yangi siyosat energiya, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan uskunalar işlab çiqaruvçilarni, şuningdek, investorlarni qöllab-quvvatlaş hamda rağbatlantiriş uçun şaroitlar va mexanizmlarni nazarda tutişi kerak.
Bundan taşqari, zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq etiş asosida yangi quvvatlarni yaratiş va texnologik qayta jihozlaşni amalga oşiriş yöli bilan işlab çiqariluvçi mahsulotning energiya siğimi kamaytiriladi.












