Xitoyning şimoli-ğarbidagi Sinxay provinsiyasida suyultirilgan havo asosida energiya töplaydigan 60 megavatt quvvatli qurilma elektr tarmoğiga ulandi. Obyekt ötgan hafta oxirida elektr energiyasi işlab çiqarişni boşladi.

Obyekt Golmud şahrida joylaşgan. Uning qurilişi va moliyalaştirilişini China Green Development Investment Group (CGDG) kompaniyasi taʼminladi. Kompaniyaning bayonotiga köra, qurilma örnatilgan quvvati böyiça dunyodagi eng yirik şunday energiya saqlaş tizimiga aylandi.

Loyihaning işga tuşirilişi Xitoyning energiya saqlaş texnologiyalarini rivojlantiriş rejalarini amalga oşirişda muhim bosqiç böldi. Bunday texnologiyalar qayta tiklanuvçi manbalar uluşi ortib borayotgan energetika tizimi uçun zarur.

Majmuaning örnatilgan quvvati 60 megavattni taşkil etadi. Kompaniya maʼlumotlariga köra, u har kuni ekologik toza manbalardan olingan qariyb 600 ming kilovatt-soat elektr energiyasini töplay oladi. Yillik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi taxminan 180 million kilovatt-soatga yetişi kutilmoqda. Bu qariyb 30 ming xonadonni bir yil davomida elektr bilan taʼminlaş uçun yetarli.

Suyultirilgan havo yordamida energiya töplaş - elektr energiyasini uzoq muddat saqlaşning nisbatan yangi texnologiyasi. Elektrga talab kam bölgan paytlarda energiya havoni siqiş va suyuq holatga ötguniga qadar sovitiş uçun sarflanadi. Energiyaga ehtiyoj paydo bölganda esa suyultirilgan havo isitiladi va kengaytiriladi. Hosil bölgan oqim elektr energiyasi işlab çiqaradigan turbinalarni harakatga keltiradi.

Gidroakkumulyatsiyalovçi elektr stansiyalaridan farqli ravişda, bunday tizimni joylaştiriş uçun alohida geografik şaroit talab etilmaydi. Qayd etilişiça, akkumulyator batareyalari bilan taqqoslaganda, bu texnologiya tizim kölamini kengaytiriş imkoniyati, energiyani saqlaş davomiyligi va uskunalarning xizmat muddati jihatidan afzalliklarga ega.

CGDG maʼlumotlariga köra, Golmuddagi obyektda havoni minus 194 °C haroratda suyultiriş imkonini beruvçi çuqur sovitiş texnologiyasi qöllanadi. Kompaniya uskunalar işlab çiqariş töliq mahalliylaştirilganini maʼlum qildi: qurilmaning barça qismlari Xitoyda tayyorlangan. Bundan taşqari, loyihada intellektual mulk huquqlari CGDG'ning öziga tegişli bölgan texnologiyalardan foydalanilgan.

Kompaniyaning taʼkidlaşiça, majmua ham quvvati, ham energiya saqlaş siğimi böyiça suyultirilgan havo asosida işlaydigan energiya töplaş qurilmalari orasida dunyoda birinçi örinda turadi.