Xitoy mahsulotlariga nisbatan Donald Tramp kiritgan keng miqyosdagi bojlar bu davlat biznesiga yanada raqobatbardoş bölişda yordam beradi, deb yozmoqda Wall Street Journal. Naşrda çop etilgan maqolaga köra, AQŞ bilan savdodagi çeklovlar Xitoy kompaniyalarini yanada samaraliroq işlaşga va yanada murakkab va qimmat mahsulotlarni işlab çiqarişga undaydi.
Masalan, Şençjendagi TechTurbo Innovation kompaniyasi uzoq yillardan buyon Amerikaning Qualcomm kompaniyasidan mikroçiplar sotib olgan, söngra ularni «aqlli» soatlar va buyumlar interneti qurilmalarini işlab çiqariş uçun moslaştirgan. Bojlar joriy etilganidan söng TechTurbo Innovation mijozlari kompaniyadan arzonroq çiplardan foydalanişni söradi va kompaniya e'tiborini Xitoyda işlab çiqarilgan çiplarga qaratişga qaror qildi.
2017 yilda TechTurbo Innovation XXRda işlab çiqarilgan çiplarning atigi 20%ini sotib olgan, qolgan çiplar Amerikadan olingan, deb yozadi Wall Street Journal. Endilikda kompaniya Xitoyning Telink Semiconductor kompaniyasi işlab çiqargan çiplarga ötmoqda. Natijada 2019 yilda Xitoy kompaniyalarining işlab çiqarişdagi uluşi 20%dan 50%gaça oşadi.
Apple bilan işlayotgan yetkazib beruvçilarning boj tölaydiganlar röyxatiga kiritilmaganini Xitoy biznesining yana bir ğalabasi deb aytiş mumkin. Xususan, Xitoyning Foxconn Technology Group kompaniyasida yiğilgan iPhone smartfonlariga boj tölanmaydi. Bu kompaniyada 1 mlndan ortiq xodim mehnat qiladi.
Dunguan şahridagi Sintai Furniture kompaniyasi ham bojlardan qutulib qolgan. Kompaniya Amerikaning Home Depot va Costco savdo tarmoqlarida sotiladigan mebellarni tayyorlaydi. Wall Street Journal’ning ma'lumot berişi, Sintai Furniture işlab çiqarişni Xitoydan Vetnamga köçiradi va ortiqça boj tölaşdan qutuladi.
Bu köçib ötiş dastlab xarajatlarga olib kelsa-da, keyinroq kompaniyaga pullarini tejaşga yordam beradi, çunki Vetnamda maoşlar Xitoydagiga nisbatan kamroq tölanadi. Natijada Donald Tramp tomonidan kiritilgan çeklov çoralari Xitoy biznesining foydasiga işlaydi: XXR kompaniyalari xarajatlarini kamaytiradi, işlab çiqariş va amerikalik xaridorlarini saqlab qoladi.
Qöşma Ştatlar bilan savdo uruşi Xitoy YaIM ösiş sur'atining pasayişiga olib keladi. Bu yil mamlakatda YaIM 6,5%ga ösadi, kelgusi yili esa bu körsatkiç 5,9%ni taşkil etadi, deb taxmin qildi Oxford Economics tadqiqot firmasi.
Buning oldini oliş uçun Guandun viloyati hukumati xorij kompaniyalariga viloyat hududida xitoylik hamkorlar iştirokisiz biznes yuritişga ruxsat berdi. Avvallari xorij kompaniyalari mazkur viloyatda faqatgina guandunlik aksionerlar iştirokidagina korxona oçişi mumkin edi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoyning 200 milliard dollarlik mahsulotlariga 10 foiz miqdorida boj tölovi joriy etilişini e'lon qilgandi. Bu qaror 24 sentabrdan kuçga kirdi, 1 yanvardan esa tariflar 25%ga oşadi. Şu bilan birga Amerika yetakçisi agarda Xitoy javob çoralarini köradigan bölsa, 267 milliard dollarlik mahsulotlarga boj joriy etişning uçinçi bosqiçi boşlanişi mumkinligini bildirgandi.
Bunga nisbatan xitoylik milliarder, Alibaba Group asosçisi Jyek Ma fikr bildirar ekan, AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşi 20 yil davom etişi mumkinligini aytdi.
Uning fikriça, bunday savdo uruşidan ikkala tomon ham heç narsa yutmaydi va savdoda yuzaga keladigan taranglik Xitoy kompaniyalariga ham, xorij kompaniyalariga ham ta'sir körsatadi. Xitoy biznesi örta muddatli istiqbolda AQŞ tomonidan kiritilgan çeklovlarni aylanib ötiş uçun öz mahsulotlarini boşqa mamlakatlarga ötkazişga majbur böladi.












