Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov sözlariga köra, Suriyada Rossiyaga tegişli bölgan Il-20 samolyoti urib tuşirilganidan keyin javob çoralari bir hafta davomida muhokama qilingan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Peskovning sözlariga köra, röy bergan hodisa Rossiya öz harbiy uçuvçilarining xavfsizligini ta'minlaş uçun «faol va samarali çoralar» körişi kerakligini körsatdi.

«Bu masala Moskvada ham harbiy ekspertlar, ham mamlakat rahbariyati orasida bir hafta davomida faol muhokama qilindi hamda şunday qaror qabul qilindi», - dedi Peskov.

Uning qöşimça qilişiça, hodisani baholaşda Rossiya tomoni öz ekspertlarining ma'lumotlari asosida iş olib bordi va ularni Isroilga taqdim etdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Putin Asaddan xafa ekani xabar berilgandi.