KUN.UZ tahririyati “Soğlom hayot” loyihasi doirasida bugungi kunda köp uçraydigan kasalliklar töğrisida ma'lumot berib bormoqda. Bugungi mavzu inson organizmida uçrovçi parazitlar töğrisida.
Odam va hayvonlarning a'zo va töqimalari hisobiga yaşovçi mayda çuvalçanglar – gijjalar (gelmintlar), ular keltirib çiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deyiladi. Kasallik manbai bemor odam va gijjalar bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi. Gijjalar – çuvalçanglar, özining parazitlik hayotini odam organizmida ötkazuvçi organizmlardir. Bunda odam yoşi rol öynamaydi - kattalar ham, bolalar ham bir xilda kasallanişi mumkin.
Youtube'da köriş
Mover.uz'da köriş
Parazitlar insonga qanday yuqadi?
Şifokorlarning aytişiça, parazitlar turiga qarab turli usullarda yuqişi mumkin. Masalan, askaridalar, asosan, qölini yaxşi yuvmaydigan bolalarda köp uçraydi. Ostrisalar esa odamga iflos qöllar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda oğiz va burunga tuşadigan çang orqali ham yuqişi mumkin.
Kasallik belgilari
Gijjalarning xili, soni va qaysi organda parazitlik qilişiga qarab kasallik har xil keçadi. Parazitlar bilan zararlangan odamning vazni kamayadi, qorinda oğriq, köngil aynişi, iç ketişi yoki boş aylanişi, jizzakilik paydo böladi, deydi biz bilan suhbatda bölgan yuqumli kasalliklar şifokori Saodat Temirova. Gijja içakda bölsa – iç qotadi yoki iç ketişi, köngil aynişi, qayt qiliş holatlari kuzatiladi. Jigarda bölsa - köz oqi va badan sarğayadi, şiş paydo böladi, badanga har xil doğlar tuşişi mumkin. Öpkada bölsa - isitma çiqişi va yötal paydo bölişi mumkin. Şuningdek, odamning mehnat qobiliyati pasayadi, bolalarda rivojlaniş orqada qoladi, yaxşi ösmaydi, xotira pasayadi, uyqusi notinç böladi.
Gelmintlarning klassifikatsiyasi juda keng, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda. Hozirda gelmintlarning faqatgina ölkamizda keng tarqalganlari haqida yuqumli kasalliklar şifokori Saodat Temirova bilan birgalikda ma'lumot berişga harakat qilamiz.








