Amerika Qöşma Ştatlari Rossiya-Xitoy harbiy hamkorligi böyiça ğoyaga e'tiborsizlik bilan yondaşdi, deb yozmoqda Foreign Affairs jurnali.

Foto: REUTERS

Rossiyaning «Vostok-2018» harbiy maşqlari 17 sentabr kuni öz nihoyasiga yetdi. Tarixda ilk marotaba maşqlarda Xitoyning 3,2 ming harbiy xizmatçisi iştirok etdi. Naşrning yozişiça, avval Moskva faqatgina Belarus kabi «harbiy ittifoqçilar»ini qöşma maşqlarga taklif qilgan.

Vaşington harbiy sohada Rossiya-Xitoy ehtimoliy ittifoqiga e'tiborsizlik bilan yondaşib keldi, deb yozadi Foreign Affairs. Pentagon rahbari Jyeyms Mettisdan qöşma maşqlar tufayli taşvişda emasligi haqida söraşganida, u: «Uzoq muddatli istiqbolda men Rossiya va Xitoyni bir-biriga boğlaydigan narsa yetarli emas, deb hisoblayman», deb javob qaytardi.

Foto: RIA Novosti

AQŞ Mudofaa vazirligi rahbarining pozitsiyasi Ğarbda umumqabul qilingan fikr bilan mos keladi. U yerdan hisoblaşlariça, Rossiya bilan Xitoy örtasidagi işonçsizlik strategik aloqalarni örnatiş uçun juda çuqurlik qiladi. Biroq, aslida bunday emas, deyiladi materialda. Ikki sobiq raqib örtasidagi harbiy aloqalarning kengayişi haqiqatan ham röy berişi mumkin, deya aniqlik kiritadi Foreign Affairs. Rossiya va Xitoy örtasidagi nisbatan çuqur strategik hamkorlik AQŞning yarim asrlik strategik hamda harbiy rejasini yöqqa çiqarib taşlaşi mumkin, deya qöşimça qilib ötgan naşr.

Rossiyaning «Vostok-2018» harbiy maşqlari Moskvaning Pekinga nisbatan strategik pozitsiyasini özgartirişda eng muhim holat böldi - bu 2014 yildan söng bosqiçma-bosqiç jadallaşib bordi, deyiladi materialda.

Foto: Xinhua

Jurnalning körsatişiça, ikki davlatni birlaştiradigan omillar orasida Rossiya-Xitoy çegarasida tinçlikni saqlab qoliş istagi bor. Rossiya va Xitoy örtasidagi yaqinlaşuvning ikkinçi omili ularning iqtisodiy özaro boğliqligi hisoblanadi, deya ta'kidlanadi materialda. Sönggisi - umumiy siyosiy maqsadlar. Har ikki rejim barqarorlikni qadrlaydi va hokimiyatni uşlab qolişni xohlaydi, deya aniqlik kiritadi naşr.

Umumiy manfaatlarga qaramasdan, Moskva Xitoyga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bölmoqda, deya qöşimça qilib ötgan jurnal. Bu aholi soni kam bölgan Uzoq Şarq va Xitoyning çegaraoldi provinsiyalari örtasidagi demografik muvozanatga aloqador, deyiladi Foreign Affairs’dagi maqolada.

Foto: AP

Rossiya xavotirlanişining yana bir sababi - Xitoyning Rossiya harbiy texnologiyalarini öğirlaşi mumkin ekanida. Şuningdek, Pekinning Markaziy Osiyodagi ta'siri ösib borayotgani ham RF taşvişiga sabab bölyapti, deya xulosa qiladi jurnal.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagon uç davlatdan yadroviy tahdid borligini ma'lum qilgandi.