Özbekiston elektron axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, mamlakatimizning Hindistondagi elçixonasi hamkorligi va “Eriell” kompaniyasi homiyligi kömagida taşkil etilgan media-ivent dasturi doirasida Markaziy va Janubiy Osiyoning ikki yirik davlati xalqlari örtasidagi madaniy-ma'rifiy hamkorlik mavzuiga bağişlangan turkum tadbirlar bölib ötdi.

25-sentabr kuni Hindiston Milliy muzeyida oçilgan “Özbekiston-Hindiston: madaniyatlar muloqoti” körgazmasi uşbu mamlakat jamoatçiligida katta qiziqiş uyğotdi.

Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari S.Safoyev, mamlakatimizning Hindistondagi Favqulodda va muxtor elçisi F.Arziyev, Hindiston madaniyat vazirining örinbosari A.Goel, Hindiston Milliy muzeyi direktori B.Mani va boşqalar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat taşrifi ikki mamlakat örtasidagi köpqirrali azaliy hamkorlikni yangi bosqiçga kötarişda yangi istiqbollar oçişini ta'kidladi. Milliy muzeyda oçilgan va bir oy davom etadigan qöşma körgazma Hindistonda özbek xalqining boy madaniy-ma'rifiy merosi haqida yanada keng va çuqur tasavvur şakllanişiga xizmat qilişiga işonç bildirildi.

Körgazmaning oçiliş marosimida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, turli yönalişlar, jumladan, madaniy-ma'rifiy sohada samarali xalqaro hamkorlik qiliş uçun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida hujjatli film namoyiş etildi.  

- Bugun har bir soha vakillari Özbekistondagi hamkorlari bilan yangi loyihalarni hayotga tatbiq qilişga intilişmoqda, - deydi  Hindiston Milliy muzeyi ilmiy xodimi Katibur Rahmon. – Biz ham uşbu körgazmani taşkil qilganimizdan mamnunmiz. Muzeyimizda saqlanayotgan hamda özbek xalqi davlatçiligi tarixi, boy madaniy merosi bilan boğliq eksponatlar, Xudo Baxş va Rampur Raza kutubxonalaridagi noyob qölyozmalarning asl nusxalari, şuningdek, Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining “Özbekiston madaniy merosi mamlakatlar va xalqlar örtasidagi muloqotga yöl” loyihasi doirasida çop etilgan turkum kitoblar körgazma eksponatlarini taşkil qildi.

Mamlakatimizning Hindistondagi elçixonasida bölib ötgan rasmiy qabul marosimida ham özaro madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantiriş istiqbollari haqida söz ketdi. Ikki davlat rasmiy va akademik doiralari vakillari Hindistonning turli muzey va kutubxonalarida saqlanayotgan va xalqlarimiz riştalarini boğlab turgan köplab noyob hujjatlarni birgalikda tadqiq qiliş, keng jamoatçilik e'tiboriga havola qiliş masalalariga e'tiborni qaratdi.

- Kutubxonamizda özbek xalqining madaniy merosiga oid 200 dan ortiq qölyozma saqlanmoqda, - deydi Xudo Baxş kutubxonasi direktori vazifasini bajaruvçi Robert Çongtu (lotinça yozuvda - Robert Chongthu). – Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat taşrifi arafasida biz mazkur asarlar katalogini çop etdik.

- Kutubxonamizda Bobur devonining noyob qölyozma nusxasi saqlanmoqda, - deydi Rampur Raza kutubxonasi  direktori, professor Sayid Hasan Abbos. - Hind xalqi uçun mazkur qölyomaning ahamiyati şundaki, unda Bobur tomonidan hind tilidagi sözlar işlatilgan. Masalan, "roti" (non) va "pani" (suv) sözlari. Qölyozma sahifalarida Bobur öz qöli bilan kiritgan tahrirlar mavjud. Uşbu tahrirlarning haqiqiyligi uning avlodlaridan biri - Jahongir tomonidan yozma tarzda tasdiqlangan. Özbek xalqi madaniy merosi bilan boğliq barça tarixiy qölyozmalar va hujjatlarni örganiş uçun kutubxonamiz xodimlari birgalikdagi işlarni yanada faollaştirişga tayyor.

“Madaniy meros - Özbekiston va Hindiston örtasidagi muloqot köprigi” mavzuidagi ilmiy seminarda ikki mamlakat taniqli olimlari özaro hamkorlikni yanada mazmunan boyitiş, yangi loyihalar ustida işlaş, ilmiy-ma'rifiy almaşinuvni faollaştiriş istiqbollarini muhokama qildi.

  • “Özbekiston madaniy merosi mamlakatlar va xalqlar örtasidagi muloqotga yöl” loyihasi doirasida 13 boblik “Özbekiston me'moriy epigrafikasi” va 10 boblik “Özbekiston madaniy merosi dunyo san'at xazinalarida” naşrlari va boşqa qator kitoblar çop etildi, - deydi Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyasi raisi Firdavs Abduxoliqov. – Hindistonlik hamkorlar bilan uşbu yönalişda yangi naşrlar tayyorlaşga, mazkur jarayonga ikki davlat olim va mutaxassislarini jalb qiliş böyiça kelişuvlarga erişildi.  

Media-ivent doirasida, şuningdek, Dehlidagi Javaharlal Neru va Jamiya Milliya universitetlari, Hindiston islom madaniyati markazida bölib ötgan anjumanlarda ham hamkorlikning yangi yönalişlari belgilab olindi.