Erkaklar örtasida kelişmovçilik yuzaga kelgan, uning davomida jinoyatçi jabrlanuvçining boşiga oyoği bilan zarba bergan. Olgan jarohati oqibatida erkak vafot etdi, deb xabar bermoqda Rossiya Tergov qömitasining Saxa Respublikasi (Yoqutiston) böyiça tergov boşqarmasi matbuot xizmati.
«Yiğilgan dalillar sud tomonidan erkakka nisbatan hukm çiqariş uçun yetarli böldi. U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybdor deb topildi», - deyiladi mahkama xabarida.
Tergov va sud tomonidan aniqlanişiça, 2018 yilning 15 martidan 16 martiga ötar keçasi Mirniy şahrida yaşovçi 51 yoşli erkak va Özbekistonning 49 yoşli fuqarosi örtasida mojaro yuz bergan, uning davomida özbekistonlik jabrlanuvçining boşiga oyoği bilan zarba bergan.
Erkak olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi, özbekistonlik esa uning jasadini Mirniy şahrining Verxniy posyolkasida joylaşgan baza hududida yoqib yuborgan.
2018 yilning 28 sentabr kuni u sud tomonidan aybdor deb topildi va 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.











