Indoneziyaning Sulavesi orolida röy bergan kuçli zilzila oqibatida halok bölganlar soni 832 nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda Tabiiy ofatlar bilan kuraşiş böyiça milliy agentlik (BNPB) ma'lumotiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Mamlakatning boşqa hududlaridagi talofatlar haqida hozirça aniq ma'lumotlar yöq.

Oxirgi ma'lumotlarda qurbonlar soni 400 nafardan oşiq ekani aytilgandi.

7,5 balli zilzila 28 sentabr kuni röy bergandi. Zilzila ortidan sunami kelib çiqdi. Keyinroq afterşoklar kuzatildi.

Tabiiy ofatdan qirğoqdagi Palu şahri eng köp talofat körgan. Bu şaharda minglab uylar vayron bölgan, savdo markazlari, şifoxonalar va mehmonxonalarga jiddiy zarar yetkazilgan. Şahardagi asosiy şosse tösilib qolgan, şuningdek, markaziy köprik buzilib ketgan.