Turkiya, Qatar, Indoneziya va Pokiston vakillari mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş hamda strategik şeriklikni rivojlantiriş maqsadida «Badr» memorandumini imzoladi, deyiladi Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonotida. Bu haqda TRT xabar berdi.

«Qatar, Indoneziya, Pokiston va Turkiya Qatarda özaro anglaşuv töğrisidagi köp tomonlama «Badr» memorandumini imzoladi», - deyiladi xabarda.

Hujjat harbiy sanoat sohasidagi hamkorlikni ilgari suriş va davlatlarning harbiy salohiyatini mustahkamlaşga qaratilgan. Şuningdek, mamlakatlar harbiy tayyorgarlik va tadqiqotlar masalalari ustida birgalikda işlaydi.

Bitimni Turkiya milliy mudofaa vaziri Yaşar Guler, Qatar boş vaziri örinbosari va mudofaa işlari böyiça davlat vaziri şayx Saud bin Abdurahmon bin Hasan Ol Soniy, Indoneziya mudofaa vaziri örinbosari Yusuf Javhariy hamda Pokiston mudofaa vaziri Xoja Muhammad Osif imzoladi.