Dam oliş kunlarida Angliya premer-ligasida navbatdagi tur bahslari davom etdi. Bu turda çempionat peşqadami «Liverpul» «Çelsi» maydonida durang öynadi va mavsumda ilk bor oçko yöqotişdan keyin birinçi örindan tuşib ketdi. Birinçi öringa ketma-ket törtinçi öyinda ğalaba qozongan «Mançester Siti» («Haddersfild» safarda 2:0 hisobida mağlub etildi) çiqib oldi. Ketma-ket beşinçi öyinda ğalabaga erişgan «Arsenal» esa hozirça beşinçi örinda. Jamoa mavsumni qatorasiga 2 uçraşuvda mağlubiyat bilan («Mançester Siti» va «Liverpul»ga qarşi öyinlar) boşlagani tufayli hamon kuçli törtlikdan taşqarida qolmoqda.
«Mançester Yunayted»da inqiroz

Vest Hem – Mançester Yunayted 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 5 Felipe Anderson, 2:0 – 43, avtogol Lindelef, 2:1 – 71 Reşford, 3:1 – 74 Arnautoviç.
Vest Hem – Fabianski, Sabaleta, Balbuena, Diop, Masuaku, Rays, Yarmolenko (Snodgrass, 72), Nobl, Obiang, Felipe Anderson (Diangana, 90), Arnautoviç (Antonio, 83).
Mançester Yunayted – De Xea, Yang, Smolling, Lindelef (Reşford, 57), Şou, Maktomini, Matiç, Fellayni, Pogba (Fred, 70), Lukaku, Marsiyal (Mata, 71).
Ogohlantiriş: Yang (78).
Ötgan turda «bolğaçilar» «Çelsi»ning ğalabali seriyasiga yakun yasaşgandi. Bu turda esa Joze Mourinoni iste'foga yaqinlaştirişdi. «Qizil iblislar» boşdan oyoq muammolar girdobida qolişgan. Bir yil muqaddam, APL startidagi 7 turdan keyin «MYu» darvozaboni Devid de Xea 6 öyinda gol ötkazmay, «quruq seriya» qayd etgandi. Hozir esa startdagi 6 öyinda maydonni gol ötkazmasdan tark etmadi. Felipe Anderson Angliyadagi ilk golini çiroyli tarzda urdi.
GOALLL!!!! What a start! Brilliant play by Noble and Zabaleta and finished off with a class back heel from Anderson! #WHUMUN #COYI pic.twitter.com/QdKTuQQ6vu
— ⚒ COYIrons.com ⚒ (@COYIrons_com) 29 sentabrya 2018 g.
«MYu» futbolçilari ötkazilgan goldan keyin köplab hujumlar uyuştirişdi va köplab vaziyatlarni yöqqa çiqarişdi. «Vest Hem» esa öz imkoniyatlariga ehtiyotkorlik bilan yondaşdi va Yarmolenko raqibni xato qilişga majburlab, jamoasi ustunligini oşirdi.
GOAL!!! 2-0
— ⚒ COYIrons.com ⚒ (@COYIrons_com) 29 sentabrya 2018 g.
Yarmolenkös shot is deflected into the back of the net! #WHUMUN #WHU #COYI pic.twitter.com/spjp95W6Nw
Mançesterliklarning hujumlarini goh himoyaçilar, goh darvozabon Lukaş Fabianski muvaffaqiyat bilan bartaraf etib turişdi. Faqat Reşford simulyatorlarda kuzatiladigan zarba bilan uni doğda qoldiroldi - yoş hujumçi darvozaga qarama-qarşi turgan holatda tovoni bilan aniq zarba yölladi. Ammo 3 daqiqa ötiboq Nobl «MYu» himoyaçilarini doğda qoldirib, Arnautoviçni darvozabon bilan yakkama-yakka holatga çiqardi va hisob 3:1 körinişini oldi. Bu nokaut edi. «Qizil iblislar» 7 turda 21 imkoniyatdan atigi 10 oçko olişi oxirgi marta Devid Moyyes davrida qayd etilgandi. 1989-90 yilgi mavsumdan buyon bundan yomonroq natija bölmagan. Endi örtaga bir savol çiqmoqda - Joze ketişi kerakmi?
«Arsenal»ning ğalabali seriyasi

Arsenal – Uotford 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 81, avtogol Ketkart, 2:0 – 83 Özil.
Arsenal – Çex (Leno, 45), Belerin, Mustafi, Holding, Monreal, Torreyra, Çaka, Özil, Remzi (Ivobi, 63), Obameyang (Uelbek, 77), Lyakazett.
Uotford – Foster, Mark Navarro (Femeniya, 84), Ketkart, Kabasele, Holebas, Dukure, Kapu, Hyuz, Pereyra, Grey (Saksess, 72), Dini.
Ogohlantirişlar: Dini (31), Torreyra (45), Mustafi (62), Dukure (79).
Ikki ispaniyalik murabbiy - Unai Emeri va mavsumni sensatsiyalar bilan boşlagan Xavi Garsiya dueli qarama-qarşi kurslarda keçdi. «Uotford» himoyada öynaşni xayoliga ham keltirgani yöq va öyin oldidan favorit sifatida qaralgan «kanonirlar»dan köproq golli vaziyatlar yaratdi. Mezbonlar esa dastlab muvaffaqiyatsizliklarga uçray boşlaşdi - asosiy darvozabon Piter Çex töpni darvozasidan uzoqlaştiriş çoğida jarohatlandi. Bu öyin uçun mantiqiy hisob - durang edi, ammo öyin oxirida «Arsenal» klass evaziga ğalabaga erişdi. Aniqroği Lyakazettning saviyasi özini körsatdi. Fransiyalik hujumçi birinçi bölimda yuz foizlik imkoniyatlarni yöqqa çiqargandi, ammo öyin oxirida u noqulay vaziyatda turib raqibni öz darvozasini işğol etişga majbur qildi, 2 daqiqa ötib Mesut Özilni golli pas bilan ta'minladi.
Gvardiola birinçi öringa qaytdi

Mançester Siti – Brayton 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 29 Sterling, 2:0 – 65 Aguero.
Mançester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Zinçenko, Bernardu Silva, Fernandino, Silva (Foden, 88), Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 66), Sane (Mahrez, 71).
Brayton – Rayan, Montoyya, Daffi, Dank, Bong, Propper, Knokert (Jahonbaxş, 78), Kayyal, Bissuma, Març (Iskerdo, 83), Lokadiya (Myurrey, 73).
Ogohlantirişlar: Knokert (9), Daffi (42), Montoyya (87).
«Emireyts»dagi öyin bilan bir vaqtda bölib ötgan yana bir öyinda amaldagi çempion öz örniga qaytdi. «Brayton»ga qarşi öyinda «Mançester Siti» qiyinçiliksiz ğalabaga erişdi. Sterling avvaliga hisobni oçdi, ikkinçi bölimda Agueroni golli pas bilan ta'minladi. APLning ötgan mavsumi boşidan hisoblanganda, uşbu xavbek «gol+pas» tizimi böyiça 34 (22+12) oçko töplagan. Sterling bu borada uçinçi körsatkiçni qayd etgan. Bu borada «Liverpul» hujumçisi Muhammad Saloh yetakçi, u ötgan davr mobaynida 46 golda iştirok etgan. Ikkinçi örinda «Tottenhem» hujumçisi Harri Keyn joylaşgan – 38 oçko.
Aguero uçun esa bu öyindagi gol «Siti» safidagi 148-gol böldi va u endi Angliyada bir klub uçun urilgan gollar soni böyiça afsonaviy Alan Şirer bilan tenglaşib, uçinçi örindan joy oldi.
WHAT A GOAL!!! #MCFC 2-0 #BHFC@aguerosergiokun ➡️ @sterling7 ➡️ @aguerosergiokun ⚽️ #MCIBHA pic.twitter.com/9K9qREpxSw
— ManCityzens.com (@ManCityzens_com) 29 sentabrya 2018 g.
«Siti» endi turnir jadvalida «Liverpul»ni quvib ötgan. Keyingi turda Gvardiola şogirdlari «Liverpul» maydoniga safar qiladi va bu öyin 6 oçkolik öyin böladi.
Keyn qaytdi

Haddersfild – Tottenhem 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 25 Keyn, 0:2 – 34, penalti Keyn.
Haddersfild – Lessl, Yorgensen, Şindler (Mbenza, 71), Kongolo (Xaderdjonay, 29), Durm, Muy, Xogg, Billing, Leve, Pritçard (Mune, 85), Depuatr.
Tottenhem – Gassaniga, Alderveyreld, Sançes, Vertongen (Vanyama, 46), Tripper, Dayyer, Dembele (Uinks, 46), Rouz, Lukas Moura, Son Xin Min (Sissoko, 90), Keyn.
Ogohlantirişlar: Yorgensen (44), Rouz (67), Uinks (81), Billing (86).
«Haddersfild» «Tottenhem» hujumçisi Harri Keyn uçun qulay raqib hisoblanadi. U bu jamoa maydonida ötgan mavsumda ötkazilgan ikki öyinda 4 gol urişga muvaffaq bölgan. «Şporlar»ning vaqtinçalik sardori bölmiş bu hujumçi töpurarlik salohiyatini namoyiş etsa, vaqti kelib Angliyada bir klub safida gol uriş böyiça yetakçi Ueyn Runiga ham tenglaşib olişi mumkin. U hozirça joriy mavsumda 7 öyinda 5 gol urdi. APLdagi 6 mavsumda «Tottenhem» uçun urilgan gollar soni esa 113tani taşkil qilmoqda.
Starrij «Liverpul»ni qutqardi

«Çelsi» - «Liverpul» - 1:1 (1:0)
Gollar: Azar, 25 (1:0). Starrij, 89 (1:1).
«Çelsi»: Arrisabalaga, Aspilikueta, David Luiz, Ryudiger, Alonso, Kovaçiç (Barkli, 81), Kante, Jorjinyu, Villian (Mouzes, 73), Azar, Jiru (Morata, 65).
«Liverpul»: Alisson, Aleksandr-Arnold, Gomez, van Deyk, Robertson, Henderson (Keyta, 78), Veynaldum, Milner (Starrij, 86), Saloh (Şaqiriy, 66), Roberto Firmino, Mane.
Ogohlantirişlar: Mane, 39. Milner, 77.
Hakam: Marriner (Angliya).
29 sentabr. London. «Stamford Bridge» stadioni.
Yana Azar
«Çelsi» va «Liverpul» muxlislariga bir vaqtning özida ham havas qiliş, ham açiniş mumkin. Bir tomondan taqvim ularga 4 kun içida öz sevimlilarining 2 öyinini kuzatiş imkonini berdi. Boşqa tomondan özaro uçraşuvdagi durang natija boşqa bir uçinçi jamoa - Gvardiolaning «Mançester Siti»si birinçi öringa kötarilib olişini ta'minladi. Lekin bu jamoalarning töqnaşuvi Angliyada maqomi jihatidan uçinçi örinda turuvçi turnir - Angliya Ligasi Kubogini ham tomoşabop qilib berdi. Maurisio Sarri va Yurgen Klopp kubok öyinida aralaş tarkibni öynatişgan bölsa, «Stemford Brij»da keçgan 7-tur uçraşuvida barça yulduzlar jamlangandi. Jumladan, oxirgi vaqtlarda soğliq bilan boğliq muammolar tufayli öyinlarni ötkazib yuborgan Ryudiger va van Deyk ham.
«Çelsi» hujumida ilk daqiqalardanoq Jiru harakat qildi. Mersisaydliklar jamoasida esa Lovren hali safga qaytmadi va uning örnida yana Gomes harakat qildi. Ammo u asosiy vazifasini bajara olmadi - Azarni töxtatib qololmadi.
Hazard scores to make it 1-0! What a pass from Kovačić!#CHELIV #CFC #KTBFFH pic.twitter.com/wNKjsV9waB
— CFC-Blues.com (@CFCBlues_com) 29 sentabrya 2018 g.
Sarrining işonç bilan aytişiça, bu belgiyalik futbolçi hali töliq kuç bilan öynamayapti va mavsum davomida yanada kuçayib, 40ta gol ura olişi mumkin. U Eden jahonning eng kuçli futbolçisi sifatida tan olinişiga işonmoqda. Quyidagi gol bu sözlarni dalillaydi.
Saloh hamon pasayişda
Ötgan mavsumda «Liverpul» safida deyarli barça öyinlarda gol urgan Muhammad Saloh bu mavsumda formasiga qayta olmayapti. U «Çelsi»ga qarşi öyinda bir neça bor qulay vaziyatlarni yöqqa çiqardi. U köp vaziyatlarda juda sekin harakat qilmoqda va himoyaçilar hamda darvozabon öz pozitsiyalarini egallaşga ulgurişmoqda.
Salohda omadsizlik davom etayotgan bölsa, jamoaning boşqa futbolçilari oçilişmoqda. Mane va Roberto Firmino ötgan öyinlarda Saloh öyinidagi pasayişni bilintirişmagandi. Mane «Çelsi»ga qarşi öyinda köp marta himoyaçilarga yordam berdi va raqib qarşi hujumlarini töxtatib turdi.
Starrijning yangi qirralari
Ikkinçi bölimda londonliklar jamoasi himoyaviy öyin körsata boşladi. Qizil libosli futbolçilar mezbonlarning jarima maydonini qamal qilişdi. Lekin himoyani yorib ötişning imkoni bölmasdi. Manening bir neça urinişlari Aspilikueta tomonidan töxtatildi.
Kloppning sabri töldi va maydondagi eng keraksiz futbolçiga aylangan Salohni almaştirib taşladi. Uning örnini egallagan Shaqiri faollikni oşirdi, uning bir zarbasi darvoza tösini yonidan ötib ketdi.
Shaqiri needs to be scoring that! #LFC #YNWA #CHELIV pic.twitter.com/kQy1FiReML
— TheKop.com (@TheKop_com) 29 sentabrya 2018 g.
Keyin Firminoning boş bilan bergan zarbasi darvozaga kirişiga bir baxya qoldi. Töpni darvoza çiziği ustida David Luiz qaytarib qoldi. Agar hisob özgarmay qolganida barça mersisaydliklarning omadsizliklarini eslab yurgan bölardi. Ammo Starrij özini eslab yurişlariga majbur qildi. Odatda jarima maydoni içida harakatlanadigan, Olive Jiru tipidagi hujumçi sifatida qaralgan (u ham zaxiradan tuşib 17ta gol urgan) Starrij töpga ajoyib trayektoriya birib, Kepani befoyda sakraşga majbur qildi - töp darvozaning olis burçagiga borib joylaşdi.
Sturridge scores an absolute screamer to put us back on level terms!#LFC #YNWA #CHELIV pic.twitter.com/bmwg2mQUfT
— TheKop.com (@TheKop_com) 29 sentabrya 2018 g.
U özining 50-golini muxlislar uzoq vaqt eslab yuradigan taxlitda urdi.
Bu durang natijadan keyin ikki murabbiy ham bir-biriga jilmaygança qöl taşladi. Bu vaqtda öyinni televizor qarşisida tomoşa qilgan Xosep Gvardiolaning yuzida ham tabassum edi.
Tur öyinlari
29 sentabr
Vulverhempton – Sauthempton 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 79 Kavaleyru, 2:0 – 87 Kastro.
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Bennett, Koudi, Boli, Doerti, Moutinyu, Ruben Neveş, Kastro, Elder Koşta (Traore, 53), Diogu Jota (Kavaleyru, 77), Ximenes (Leo Bonatini, 90).
Sauthempton – Makkarti, Soareş, Vestergor, Xudt, Bertran, Elyunussi (Armstrong, 71), Lemina, Xeyberg, Redmond, Ostin (Gabbyadini, 77), Ingz.
Ogohlantirişlar: Bertran (50), Diogu Jota (51), Kastro (57), Traore (74).
Everton – Fulhem 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 56 Sigurdsson, 2:0 – 66 Tosun, 3:0 – 89 Sigurdsson.
Everton – Pikford, Kenni, Kin, Zuma, Din, Devis, Guyye, Uolkott, Sigurdsson (Şnayderlin, 90), Rişarlison (Bernard, 88), Kelvert-Lyuin (Tosun, 55).
Fulhem – Bettinelli, Fosu-Mensa (Kristi, 8), Odoi, Rim, Brayyen, Vetto (Kerni, 64), Zambo-Angissa, Seri (Ayite, 84), Sessenon, Şyurrle, Mitroviç.
Ogohlantirişlar: Kristi (29), Odoi (51), Mitroviç (53).
Nyukasl – Lester 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 30, penalti Vardi, 0:2 – 73 Maguayr.
Nyukasl – Dubravka, Yyedlin (Mankilo, 80), Lassels, Klark, Kenedi, Ritçi (Merfi, 65), Diame, Şelvi, Atsu, Peres (Muto, 69), Xoselu.
Lester – Şmeyxel, Amarti, Morgan, Maguayr, Çiluell, Mendi, Ndidi, Rikardu Pereyra, Ixeanaço, Meddison (Iborra, 85), Vardi (Olbrayton, 74).
30 sentabr
Kardiff – Byornli 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 51 Gudmundsson, 1:1 – 60 Merfi, 1:2 – 70 Vouks.
Kardiff – Eteridj, Manga, Morrison, Bamba, Kanningem, Kamarasa, Arter, Rolls (Medin, 79), Merfi, Paterson, Zoxore (Uord, 71).
Byornli – Hart, Louton, Tarkovski (Long, 27), Mi, Teylor, Gudmundsson, Kork, Vestvud, Lennon, Vydra (Vud, 72), Vouks.
Ogohlantirişlar: Vestvud (45), Kanningem (69), Louton (87), Lennon (90).
1 oktabr
Bornmut – Kristal Pelas
Turnir jadvali












