Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri örinbosari, Respublika boş davlat sanitar vraçi Saidmurod Saidaliyevning ma'lum qilişiça, Qaşqadaryoda töyda zaharlaniş holati böyiça 28 sentabr kuni soat 20:00dan 29 sentabr kuni soat 19:30 gaça 40 nafar, 29 sentabr soat 20:00dan 30 sentabr soat 13:00gaça yana 28 nafar, 30 sentabr soat 13:00dan keyin yana 22 nafar, jami 90 nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga soğliğidan şikoyat qilib murojaat qilgan, deb yozadi “Xalq sözi”.

Olib borilgan tekşirişlar natijasida ularning ovqatdan zaharlangani aniqlanib, murojaat qilganlarga “Ötkir gastroenterit” taşxisi qöyilgan. Ular joriy yilning 27 sentabr kuni Qarşi şahridagi “Baxtli oila” töyxonasida töy marosimida turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini aralaş iste'mol qilişi tufayli soğliğida ana şunday muammolarga duç kelgan.

Şundan söng Qaşqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida maxsus ştab taşkil etilgan. Ayni paytda Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining malakali mutaxassislari uşbu ştabga jalb etilib, amalga oşirilişi lozim bölgan tadbirlar belgilab olindi, bemorlarga sifatli tibbiy yordam körsatiş maqsadida barça zarur dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.

Respublika boş davlat sanitar vraçi Saidmurod Saidaliyevning aytişiça, 2 oktabr soat 12:00gaça töyda ovqatdan zaharlangan, kasalxonada bölib turgan 90 nafar fuqarodan 48 nafariga uyiga javob berilgan. Ayni paytda yana ulardan 42 nafari kasalxonada davolanmoqda. Ularning ham ahvoli qoniqarli, tez orada uyiga javob beriladi.

Töyda qatnaşgan fuqarolarni uylariga borib, patronaj ötkaziş uçun oilaviy poliklinikalardan 108 nafar va şahar DSENMdan 40 nafar mutaxassis jalb etildi. Natijada töyda qatnaşganlar orasida kasallik belgilari bölgan fuqarolardan 67 nafari faol aniqlanib, şifoxonaga yotqizildi. Bemorlarni davolaş va ovqatdan zaharlaniş holatlari profilaktikasi yuzasidan tadbirlar davom etmoqda.