Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişganini maʼlum qildi.

Uning taʼkidlaşiça, hududdagi loyihalarning asosiy maqsadi aholi turmuş şaroitini yaxşilaş bölib, odamlar bu özgarişlarni kundalik hayotida his qilişi kerak.

«Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça işlar bilan tanişdik. Muhimi, bu işlar natijasini odamlar kundalik hayotida his qilişi kerak», - dedi Saida Mirziyoyeva.

Viloyat uçun eng dolzarb masalalardan biri suv taʼminoti ekani qayd etildi. Şu sababli uşbu yönalişdagi rejalarga alohida eʼtibor qaratilgan.

Xususan, Qarşi şahridagi «Çap tarmoq» kanalini betonlaştiriş va uning atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi. Buning natijasida 1,4 ming gektar tomorqa yerini barqaror suv bilan taʼminlaş imkoniyati yaratiladi.

«Tomorqaga yetib borgan suv - rözğorga kirgan barakadir», - deya taʼkidladi Saida Mirziyoyeva.

Şuningdek, kanal böyida joylaşgan törtta mahallaning 25 ming nafar aholisi uçun keça-yu kunduz faoliyat yuritadigan dam oliş va sayr qiliş maskanlari barpo etiladi.

Mazkur işlar Qarşi şahrida suv taʼminotini yaxşilaş bilan birga, aholi uçun qulay dam oliş hududlarini yaratişga ham xizmat qiladi.