Joriy yilning 2 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev birdaniga törtta qonunni imzoladi.
Birinçi qonun - «Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalarini ratifikatsiya qiliş töğrisida». Qonunda ta'kidlanişiça, Özbekiston islom davlatlari Standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalarini ratifikatsiya qilmoqda.
Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan 2018 yil 7 avgustda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2018 yil 27 sentabrda ma'qullangan. Institut Ustavida a'zo davlatlar, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar örtasida mazkur sohada hamkorlik qilişning tartibi, şuningdek IMSMIga a'zo davlatlarning faoliyati bilan boğliq boşqa taşkiliy-huquqiy masalalar e'tiborga olingan.
Ikkinçi qonun bilan Özbekiston Islom hamkorlik taşkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatişni ratifikatsiya qilmoqda.
Keyingi qonun bilan respublika 2015 yil 12 dekabrdagi Parij bitimini ratifikatsiya qildi. Bitim 2016 yil 4 noyabrda kuçga kirgan hamda 2020 yildan boşlab amalga oşiriladi. Bitimdan közlangan asosiy maqsad – 2020-2030 yillarda parnik gazlarni kamaytiriş va bu orqali global isiş darajasini qisqartirişdir.
Oxirgi qonunga muvofiq 5 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilandi. Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 sentabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2018 yil 27 sentabrda ma'qullangan.












