Xitoy hukumati Amerika siyosatiga Rossiyadan köra faolroq aralaşişga harakat qilmoqda. Bunday bayonot bilan Amerika Qöşma Ştatlari vitse-prezidenti Mayk Pens çiqiş qildi, deya xabar beradi Reuters.

Agentlik barça hujjatlarni tahlil qilgaç, Pensning sözlari AQŞ va Xitoy örtasidagi ziddiyatni yanada keskinlaştirişi mumkin, degan xulosaga keldi.

Xususan, AQŞ vitse-prezidenti Pekinning Amerika Qöşma Ştatlari rahbariyati bilan özaro mojarodan foydalanib, AQŞ işlariga aralaşişga urinişlari haqida gapirib berişni rejalaştirmoqda. Şu nuqtai nazardan, nutqda Rossiyaga ham alohida joy ajratilgan.

«Yaqinda razvedka hamjamiyatining yuqori mansabli a'zosi menga ruslarning harakati Xitoy butun mamlakat böylab qilayotgan işlari oldida heç narsa emasligi haqida aytdi», - deyiladi Mayk Pensning nutqida.

Vaşington va Pekin örtasida savdo kelişmovçiliklaridan boşlangan mojaro yaqinda yangi bosqiçga ötdi. Oktyabr oyining boşida AQŞ Xitoy esminetsi Janubi-Xitoy dengizida Amerika kemasiga yaqin masofada «xavfli» manyovrlarni amalga oşirgani haqida ma'lum qildi. Pekin Xitoy kemasi qonun doirasida harakat qilganini aytdi.

Bundan taşqari, Amerika Qöşma Ştatlari Rossiyani Amerikadagi saylovlarga aralaşişda ayblamoqda. Rasmiy Moskva ayblovlarni rad etyapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Xitoyni qörqitiş uçun öz kuçini namoyiş qilmoqçi ekani xabar berilgandi.