AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xitoy hukumati bilan özaro ziddiyatni davom ettiriş niyatida emas. Bu haqda The Washington Post gazetasi Oq uydagi manbaga tayangan holda xabar tarqatdi.
Manba sözlariga köra, Qöşma Ştatlarning hozirgi siyosati Xitoy tomoni bilan munosabatlarni buzişga qaratilgan emas.
«Bu [AQŞning Xitoyga nisbatan hozirgi siyosati] qandaydir munosabatlarni [mamlakatlar örtasidagi] butunlay uzib taşlaşdan darak berişi haqidagi fikrlar umuman notöğri. Hammasi buning aksidir», - dedi manba.
Uning tuşuntirişiça, Tramp ma'muriyatining siyosati AQŞ aholisiga «uyğoniş» va mamlakatlar örtasidagi munosabatlarga yangiça nigoh bilan qaraş kerakligini anglatişi lozim. Şuningdek, uning sözlariga köra, Xitoy hukumati özi tanlagan siyosatni davom ettirsa, qanday «oqibatlarga» duç kelişini tuşunişi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Xitoyni qörqitiş uçun öz kuçini namoyiş qilmoqçi ekani xabar berilgandi.












