Ertaga, 6 oktabr kuni Indoneziyada III Paraosiyo öyinlari rasman start oladi.
Özbekiston sport delegatsiyasi musobaqa ötkaziladigan mamlakatga katta tayyorgarlik bilan yetib borgan. Asosiy musobaqalar boşlanişiga ikki kun qolganida özbekistonlik atletlar navbatdagi rasmiy tadbir – iştirokçi mamlakatlarning bayroqlarini kötariş marosimida qatnaşişdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qömitasi.

Mazkur tadbirda Özbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi vakillari, murabbiylar va sportçilar iştirok etişdi. Madhiya sadolari ostida mamlakat bayroği kötarildi. Endi Jakartadagi Paralimpiya şaharçasida Özbekiston Respublikasi davlat bayroği ham hilpirab turibdi.
Tadbir yakunida Paralimpiya şaharçasi meri Rafik Hakim Radinal delegatsiyalar rahbarlariga esdalik sovğalarini topşirdi. Öz navbatida, Özbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi nomidan mezbonlarga atalgan esdalik sovğasi tuhfa qilindi.

Mazkur öyinlarda özbekistonlik atletlar paralimpiya sportining dzyudo, suziş, yengil atletika, öq otiş va pauerlifting turlari böyiça medallar uçun kuraş olib boradi. Turnirda jami 18 ta sport turi böyiça medallar uçun bahslar bölib ötadi.

Ertaga, 6 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:08da (Toşkent vaqti bilan 16:08) Jakartadagi «Gelora Bung Karno Stadium»da musobaqaning tantanali oçiliş marosimi bölib ötadi. 7 oktabrdan esa asosiy musobaqalarga start beriladi. Yopiliş marosimi 13 oktabrga belgilangan.













