Şu yilning mart oyida milliarder Oleg Deripaska Kipr fuqaroligini oldi. May oyida esa yana bir oligarx Roman Abramoviç ikkinçi – Isroil fuqaroligini qölga kiritdi. Forbes rossiyalik milliarderlar orasida yana kimlar ikki fuqarolikni olgani va ularning nega bunday qilişlarini aniqlaşga urinib kördi.
Knight Frank konsalting kompaniyasi ötkazgan sörov natijalariga köra, boyligi 50 mln dollardan ortiq bölgan rossiyalik boylarning 58%i ikkita pasport yoki ikki fuqarolikka ega. Bu jahon miqyosida rekord körsatkiç hisoblanadi. Ikkinçi örinni egallab turgan Lotin Amerikasida bu körsatkiç 41%ni taşkil etadi.
Eng boy rossiyaliklar röyxatidan örin olgan 200 kişidan esa 35 nafari ikkinçi pasportga ega. Ulardan 10 nafari Isroil, olti nafari Kipr, uç nafardan Buyuk Britaniya, Malta va Sent-Kits, ikki nafardan Finlyandiya, Gretsiya va AQŞ, bir nafardan Kanada, Şvetsiya, Seyşel orollari va Armaniston fuqaroligiga ega.
Ekspertlarning fikriça, rossiyaliklar orasida Malta va Kipr fuqaroligini oliş ommalaşmoqda. Bu davlatlarda fuqarolik oliş uçun kiritiş şart bölgan investitsiya hajmi nisbatan oz, soliq muhiti yaxşi bölib, ularning pasportlari bilan köplab mamlakatlarga vizasiz boriş mumkin.
Knight Frank agentligining ma'lumot berişiça, 2018 yilning ötgan sakkiz oyi davomida rossiyaliklarning fuqarolik oliş maqsadida Malta va Kiprdan köçmas mulk sotib olişga ariza berişlari 40%ga oşgan. Agentlikning xorijiy köçmas mulk va xususiy investitsiyalar bölimi direktori Marina Şalayevaning aytişiça, rossiyalik boylar turli loyihalar uçun 10 mln yevrogaça sarmoya kiritişga tayyor, aslida bu davlatlar pasportiga ega böliş uçun 500 ming yevroga köçmas mulk sotib oliş, iqtisodiyotning istalgan sohasiga 2 mln yevro investitsiya kiritişi yetarli.
Şalayevaning sözlariga köra, Maltada köçmas mulk olişga e'tibor katta. Rossiyalik puldorlar bu yerda 5-10tadan xonadon sotib olişadi va ijaraga berişadi. Bu daromadli iş hisoblanadi – orolga köplab sayyohlar keladi.
AQŞ pasportiga ham talab katta —Knight Frank tadqiqotlaridan ma'lum bölişiça, jahondagi multimillionerlarning 34%i AQŞda yaşaydi. AQŞ boşqa davlatlar bilan soliq va bank ma'lumotlarini avtomatik ravişda almaşmaydigan kam sonli mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu yerda 100dan ortiq mamlakatni birlaştiruvçi CRS (Common Reporting System) tizimi joriy etilmagan. Mazkur tizim global miqyosda soliq va moliyaviy şaffoflikni yaxşilaşni közda tutadi.
Rus oligarxlari 1990-yillarda yoqtira boşlagan Buyuk Britaniya esa 2014 yilga kelib jozibadorligini yöqotdi.
«Donbassdagi uruş, rublning qulaşi va Buyuk Britaniya tomonidan rossiyaliklarga investor vizasini oliş uçun minimal investitsiya miqdorining tört baravarga oşirilişi katta ta'sir körsatdi», — deydi Pinsent Masons kompaniyasi yuristi Sergey Litovçenko.
Agar 2014 yilda Buyuk Britaniya pasportini oliş imkonini beradigan investor vizasi uçun 1200ga yaqin ariza berilgan bölsa, 2017 yilda bor-yöği 350ta ariza berilgan, deydi RSL-LAW kompaniyasi boşqaruvçi direktori Tatyana Şapoşnikova. Uning fikriça, «Jinoiy moliya töğrisidagi qonun» va şu yilning bahoridan investor vizalarini qayta tekşiriş yölga qöyilganligi aksariyat rossiyaliklarni çöçitib yuborgan. Ammo tadbirkorlik vizasini sörovçilar soni kamaymagan. Bunday vizani oliş uçun Buyuk Britaniyaga 200 ming funt sterling sarmoya kiritiş kerak böladi, investor vizasi uçun esa 2 mln funt sterling kiritiş talab qilinadi. Ikki yuz mingdan köra ikki million qayerdan kelganligini tuşuntiriş esa qiyinroq böladi.
Amerika sanksiyalari tufayli rossiyaliklar uçun YeI fuqaroligining qadri tuşib ketdi. Nazariy jihatdan u çeklov çoralaridan himoya qilişi kerak edi, ammo amalda bunday bölmadi. Masalan, Oleg Deripaska 2018 yil bahorida AQŞ sanksiyalariga tuşdi. Kipr pasporti unga yordam bermadi — milliarderga nisbatan ikkilamçi sanksiyalarni kiritdi. 6 apreldan boşlab Deripaska orol moliyaviy tizimiga kiriş imkoniyatidan mahrum böldi.
Rossiyaliklarni ikkinçi fuqarolik olişga hukumat tomonidan boşlangan deofşorizatsiya jarayoni majbur qilmoqda. Hamma ham öz kompaniya va kapitallarini ofşorlardan öz vataniga qaytarişga va Rossiyada soliq tölaşga şoşmayapti. Ofşorda qonuniy qolişning eng oson yöli esa Rossiya fuqarosi bölmaslikdir. «Ikkinçi pasport — bu boşqa yurisdiksiya ostida soliq rezidentligi olişning eng oson yöli», — deydi ekspert Aleksandr Zaxarov.
Ikkinçi pasport nimasi bilan xavfli bölişi mumkin? Rossiyaning Ğarb bilan munosabatlari yomonlaşgani bois xorijda rossiyaliklarga ehtiyotkorlik bilan, Rossiyada esa qat'iyroq qaraşmoqda.
2014 yil yozda xorijiy fuqaroligi bor rossiyaliklar bu haqda IIVni xabardor qilişlari şart etib qöyildi, 2018 yildan esa ikkinçi pasport egalari xorijiy investorlarga beriladigan imtiyozlardan mahrum böldi. Ehtimol şuning uçunmi, rossiyalik biznesmenlar ikkinçi pasportni ehtiyotkorlik bilan olişmoqda va bu haqda bildirmaslikka harakat qilişmoqda.












