Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 10 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari iştirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş holati va yil yakunlari böyiça kutilayotgan natijalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötgani xabar qilingandi.
Qayd etilişiça, mamlakatda valyuta bozorining erkinlaştirilişi – iqtisodiyotda likvidlilik darajasi oşişiga hamda böş pul mablağlarining muhim investitsiya va infratuzilma loyihalariga jalb etilişini taqozo qiladi.
Davlat rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatda kapital bozorini rivojlantiriş, xöjalik yurituvçi sub'yektlar, tijorat banklari va suğurta kompaniyalarining böş mablağlarini muhim investitsiya loyihalarini amalga oşirişga jalb qiliş maqsadida qimmatli qoğozlarni muomalaga çiqariş, şuningdek, joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlaş va barça prognoz qilingan asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlarga erişişni ta'minlaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berdi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston 2011 yilda qimmatli qoğozlar çiqarişni töxtatdi. 1996 yildan 2011 yilgaça Moliya vazirligi umumiy qiymati 803 mlrd sömlik qimmatli qoğozlar çiqargan, ularning örtaça yillik qiymati 50 mlrd sömni taşkil qilgan.












