Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov sözlariga köra, Ukrainaning Azov dengizida NATO maşqlarini ötkaziş böyiça rejalari amalga oşişi dargumon. Bu haqda RT xabar bermoqda.

«Hozir Ukraina NATO maşqlarini Azov dengizida ötkazişni xohlamoqda, lekin u yerga kirişning imkoni bölmaydi, sababi Ukraina bilan kelişuvimiz harbiy kemalarning Azov dengiziga ötişiga özaro rozilik berilişini talab qiladi», - dedi Lavrov.

Uning sözlariga köra, NATOning Rossiya çegaralari yaqinidagi harakatlari provokatsiyadir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Rossiyani Ukrainaga aviazarbalarda ayblagandi.