2017 yil yakunlariga köra, Özbekistonda axborot texnologiyalari böyiça körsatilgan xizmatlar hajmi 7,9 trln sömni, eksport miqdori 135,6 mln AQŞ dollarini, dasturiy ta'minotlarni işlab çiqaruvçi kompaniyalar soni 1473tani taşkil etadi.
Kompyuter dasturlaşi böyiça körsatilgan xizmatlar hajmi 436,6 mlrd sömni, bu boradagi xizmatlar eksporti 6,7 mln dollarni taşkil etgan. Bundan taşqari, iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş borasida 72ta yangi loyiha amalga oşirilgan. Bu haqda Toşkentda bölib ötayotgan Özbekiston-Rossiya Ⅰ mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida ma'lum qilindi, deb xabar qilmoqda Kun.Uz muxbiri.

Toşkent Xalqaro biznes markazining “Özekspomarkaz” pavilonlarida Özbekiston-Rossiya Ⅰ mintaqalararo hamkorlik forumi öz işini davom ettirmoqda. “Özbekiston-Rossiya: özaro foydali hamkorlikni kengaytiriş va rivojlantiriş” mavzusi bilan boşlangan biznes-nonuştada Özbekiston va Rossiyaning hukumat vakillari, işbilarmon doiralari vakillari, delegatsiya a'zolari iştirok etdi.

“Özbekiston-Rossiya mintaqaviy hamkorligining yangi bosqiçi: loyihalar va klasterlar” mavzusidagi ilk muhokamalar sessiyasi Özbekiston Iqtisodiyot vazirligi va Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi hamkorligida taşkil etildi. Unda Özbekiston va Rossiyaning ma'muriy-hududiy tuzilmalarini klasterli rivojlantirişning ustunliklari, Rossiya erkin iqtisodiy zonalari va sanoat texnoparklari salohiyatlaridan foydalaniş, Özbekiston va Rossiya mintaqalararo aloqalarni kuçaytiriş yöllari kabi masalalar muhokama qilindi.
Forum doirasida ötkazilgan “Raqamli transformatsiya – Özbekiston va Rossiya uçun yangi reallik” mavzusidagi panel sessiyasida Özbekiston va Rossiyada raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Panel sessiyada raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş salohiyati va imkoniyatlari, zamonaviy kosmik texnologiyalarni iqtisodiyotning turli sohalarida qöllaş, davlat boşqaruvi tizimlarini raqamlaştiriş, milliy axborot internet resurslarini rivojlantiriş, raqamli iqtisodiyot sohasida mutaxassislarni tayyorlaşning xalqaro tizimiga doir masalalar böyiça fikrlar almaşildi.













