Özbekistonda xorijiy investorlarga qöyiladigan qator talablarni yengillaştiriş rejalaştirilmoqda. Bu Investitsiyalar böyiça davlat investitsiya qömitasining ekspert va ilmiy doiralar vakillari bilan hamkorlikda işlab çiqqan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati töğrisidagi qonun” konsepsiyasida közda tutilgan.
Jumladan, hujjatga muvofiq:
• investitsiyalar uluşining eng kiçik miqdori 30 dan 15 foizgaça kamaytirilişi;
• xorijiy investitsiyali korxonalarda xorijiy yuridik şaxsning iştirokçi sifatida majburiy iştirok etişi talabini bekor qiliş;
• xorijiy investitsiyalari bölgan korxonalar nizom jamğarmasining eng kiçik miqdori 600 million sömdan 400 million sömgaça kamaytirilişi;
• xorijiy investitsiyali korxonalarni davlat röyxatidan ötkaziş uçun davlat boji miqdorini 3 marotabaga kamaytiriş;
• aksiyadorlik jamiyatining nizom jamğarmasi miqdorini 400 million söm deb belgilaş;
• Özbekiston Respublikasiga investitsiya kiritilgan vaqtdagi respublikada örnatilgan eng kam iş haqi miqdorining 8500 barobaridagi miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarga xöjalik sub'yektlari aksiyalari va uluşlarini sotib oliş körinişidagi, şuningdek xorijiy korxona taşkil qiliş, köp marotabali uç yillik viza olib, uning amal qiliş muddatini Özbekiston Respublikasi hududidan çiqiş zaruratisiz çeklanmagan miqdorda uzaytiriş imkoni bölgan huquqini beriş közda tutilmoqda.











