Özbekiston Xalq ta'limi vazirligi va Rossiyaning “Dnevnik.ru” kompaniyasi umumta'lim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy qiliş böyiça loyihani amalga oşiradi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
KUNDALIK loyihasi maktablarda özlaştiriş va davomat hisobini yuritiş tizimini tatbiq qilişni közda tutadi. Taşabbus davlat-xususiy sektor hamkorligi doirasida amalga oşiriladi.
KUNDALIK raqamli ta'lim platformasi “Dnevnik.ru”ning hozirda Rossiya maktablarida tatbiq qilinib, adaptatsiya qilingan axborot tizimining texnologik özagi negizida işlab çiqiladi.
Tizim onlayn tartibda darslar jadvalini tuziş, öqituvçilarning darslar böyiça rejalarini şakllantiriş, öquvçilarning davomati va özlaştirişi hisobini elektron şakldagi jurnallar va kundaliklarda olib boriş, ta'lim taşkilotlari va ta'limni boşqariş idoralarini statistik hisobotni şakllantiriş vositalari bilan ta'minlaşga imkon beradi.
Tizim öquvçilar va ota-onalarga keça-yu kunduz baholar va uy topşiriqlarini köra oliş, samarali muloqot uçun himoyalangan ijtimoiy tarmoq, onlayn-kutubxona va mediatekadan foydalanişni taklif qiladi.
Özbekiston Xalq ta'limi vaziri örinbosari Sarvar Boboxojayev “Xalq ta'limi vazirligining asosiy maqsadlaridan biri öqituvçilar işlaşi uçun qulay şaroitlarni yaratiş hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalarni qöllab, maktablarda qoğozda hisobot yuritiş hajmini va bu bilan boğliq holda öqituvçilarga tuşadigan yuklamani qisqartirmoqçimiz. Şu bilan birga ta'lim jarayonini boşqariş va öquvçilarning davomati va özlaştirişi böyiça vosita yaratamiz”, deb aytdi.
Öz navbatida “Dnevnik.ru” rahbari Gavriil Levi KUNDALIK Özbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirişdagi muhim loyihalardan biri bölişiga işonçi komilligini aytgan. “Bizning hamkorlik Özbekistonda ta'limning rivojlanişiga va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaşda kömak beradi”, deb ta'kidlab ötgan.











