Jahon | 12:41 / 20.10.2018
11087
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayevning qidiruvdagi maslahatchisi Moskvada qo‘lga olindi va Bishkekka jo‘natildi

Foto: Kabar 24

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning maslahatchisi, qidiruvda bo‘lgan Ikromjon Ilmiyanov Moskvadan Bishkekka olib kelindi, deb xabar berdi 24.kg axborot agentligi.

Payshanba kuni Bishkekning Pervomayskiy tumani sudi Ilmiyanovni hibsga olish to‘g‘risida sirtdan qaror chiqargandi. U prezident apparati rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, jamoatchilik noroziligidan so‘ng prezident maslahatchisi etib tayinlangandi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Ilmiyanov 150 ming dollar miqdorida pora olishda gumonlanib qidiruvga berilgandi.

Mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi hozircha mazkur ma'lumot bo‘yicha izoh bermadi.

Atambayev o‘tgan yil oxirida prezidentlik lavozimini tark etgan, uning o‘rniga Sooronbay Jeenbekov prezident etib saylangandi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid