AQŞ va Janubiy Koreya mudofaa vazirlari har yili ötkaziluvçi Vigilant Ace aviatsiya qöşma maşğulotlarini bekor qilişdi. Maşğulotlar dekabrga rejalaştirilgan edi. Bu haqda Pentagon vakili Dana Uayt ma'lum qildi. 

“Mudofaa vaziri Jyeyms Mettis va milliy mudofaa vaziri Çon Gyon Du Şimoliy Koreya bilan diplomatik jarayonning davom etişiga barça imkoniyatlarni beriş uçun Vigilant Ace maşğulotlariga tayyorgarlik körişni töxtatişga qaror qilişdi”, deb aytgan Uayt.

Maşğulotlarning bekor qilinişi haqidagi qaror AQŞ va Janubiy Koreya mudofaa vazirlarining Singapurdagi uçraşuvida qabul qilingan. Bu uçraşuvda Yaponiya mudofaa vaziri Takesi Ivaya ham iştirok etgan. Vazirlar uçraşuvda, şuningdek, Koreya yarimorolidagi vaziyatni hamda Pxenyanga qarşi sanksiyalarni muhokama qilişgan.  

2017 yilda Vigilant Ace maşğulotlari dekabr oyida bölib ötgan.