«Kun.uz» tahririyatiga Samarqand viloyati, Kattaqörğon tumani maktabgaça ta'lim tizimidagi muammolar, kamçiliklar va sodir bölayotgan noqonuniy holatlar haqida murojaat kelib tuşdi.

Uşbu murojaatni örganiş davomida tuman hokimi A'zamxon Bahromov murojaatda keltirilgan holatlar tegişli taşkilotlar tomonidan örganilişi va xulosa qilinişini bildirgandi.

Ma'lum bölişiça, şundan keyin tuman maktabgaça ta'lim bölimi va muassasalari faoliyati Samarqand viloyati Maktabgaça ta'lim boşqarmasi böyiça içki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat bölimi tomonidan örganib çiqilgan. Xulosalar murojaatçi va tegişli taşkilotlar mutasaddilariga taqdim etilgan. Bizga taqdim etilgan xulosa va ma'lumotlarni Samarqand viloyati Maktabgaça ta'lim boşqarmasi böyiça içki audit, moliyaviy va xuquqiy nazorat bölimi mas'ul xodimi ham tasdiqladi.

Ma'lumotda keltirilişiça, tumandagi 18-sonli maktabgaça ta'lim muassasasi mudirasi H.Otamurodova bepul tarqatilişi lozim bölgan prezident Şavkat Mirziyoyevning portretining ikkitasini tuman maktabgaça ta'lim bölimi mutasaddilariga 20 ming söm berib olgan. «Ilk qadam» öquv dasturi uçun 28 ming söm bergan. Uşbu holatni 18-sonli MTM tarbiyaçilari M.Berdiyeva, L.Baxtiyorova va G.Murtozayeva ham tasdiqlagan.

7-sonli maktabgaça ta'lim muassasasida 2018 yil iyun oyida xodimlarga berilişi kerak bölgan naqd pul şaklidagi 3 million 285 ming 680 söm iş xaqi xodimlarga tarqatilmasdan ikki nafar işçi tomonidan imzolar qöyilib, tarbiyalanuvçilarning badal pullariga tölangan.

23-sonli maktabgaça ta'lim muassasasining xodimlariga tarqatilişi kerak bölgan 2018 yil fevral oyidagi naqd pul şaklidagi 3 million 600 ming söm mukofot puli tarqatilgani rasmiylaştirilgan bölsa-da, xaqiqatda esa xodimlar mukofot pullarini olmaganliklarini ma'lum qilgan.

Uşbu holat yuzasidan muassasa mudirasi bilan suhbatlaşilganda, u 2018 yil fevral oyida xaqiqatdan ham xodimlarga mukofot pullari tarqatilmagani, uşbu mukofot pullari mablağini tuman maktabgaça ta'lim bölimi mudiri F.Hamdamovaga berganini yozma ravişda ma'lum qilgan.

55-sonli maktabgaça ta'lim muassasasida 2 nafar işlamagan xodimga qöşib yoziş evaziga va 18 million 235 ming 263 söm işga kelmagan xodimlarga tölangani rasmiylaştirilgan. Şuningdek, 4 million 424 ming 207 söm iş haqi olişi kerak bölgan işçi-xodimlarga berilmagan.

26-sonli muassasada ham 14 million 174 ming 021 söm işlamagan xodimlarga ortiqça iş haqlari tölangan. 3 million 598 ming 929 söm işçi-xodimlarga berilişi kerak bölgan naqd pul mablağlari tarqatilgani rasmiylaştirilgan bölsa-da, xaqiqatda esa öşa naqd pullar xodimlarga berilmagan. Bundan taşqari, 19-sonli muassasada 2 million 339 ming 504 söm işlamagan xodimga ortiqça iş haqlari tölangan.

Samarqand viloyati Maktabgaça ta'lim boşqarmasi böyiça içki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat bölimi ma'lumotida keltirilişiça, 46-sonli maktabgaça ta'lim muassasaning şaxsiy hisob varağidan «Marjona Dil Gulijon» MÇJga 2017 yil 25 dekabrdagi şartnomaga asosan 2017 yil 28 dekabrda mebel jihozlari uçun 11 million 628 ming pul mablaği tölab berilgan. Uşbu mebel jihozlarini 46-sonli maktabgaça ta'lim muassasasida  mavjud emas.

Uşbu mebel jihozlari 46-sonli maktabgaça ta'lim muassasasiga keltirilmagan bölsa-da, markazlaşgan hisobxona tomonidan muassasaga 2017 yil dekabr oyida kirim qilingani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan muassasa mudirasi Ş.Sanaqulova haqiqatan ham mebel jihozlari keltirilmaganini tasdiqlagan.

Örganişlar davomida arizada keltirilgan mudira va xodimlarni lavozimga tayinlaşdagi bir neçta qonun buzilişlari ham öz tasdiğini topgan. Tumani maktabgaça ta'lim bölimining jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş böyiça mutaxassisning iş faoliyatini örganilganda ham bu borada qator kamçiliklar aniqlangan.

 Şuningdek, tumandagi maktabgaça ta'lim muassasalaridagi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oliş, tarqatiş borasida ham kamomadlarga yöl qöyilgan.

Örganiş natijasida tuman maktabgaça ta'lim bölimi va maktabgaça ta'lim muassasalarida yuqoridagi holatlar böyiça jami 78 million 121 ming 269 söm moliyaviy xato-kamçiliklarga yöl qöyilgani aniqlangan.

Samarqand viloyati Maktabgaça ta'lim boşqarmasi böyiça içki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat bölimi mas'ul xodimi uşbu aniqlangan holatlar yuzasidan ma'lumot prokuratura organlariga taqdim etilganini bildirdi.

Bardoşbek SAMAD öğli