Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi. Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 sentabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 27 sentabrda ma'qullangan.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 135-moddasida (Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi):
birinçi qismining sanksiyasidagi (Transport vositalarini boşqariş huquqini beruvçi hujjatlari, transport vositasini röyxatdan ötkazganlik haqidagi, şuningdek transport vositasiga egalik qiliş, egasi yöqligida undan foydalaniş yoki uni tasarruf etiş huquqini tasdiqlovçi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta polisi (uşbu Kodeks 135(1)-moddasining ikkinçi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartoçkasi yoki yöl varaqasi yonida bölmagan haydovçilarning transport vositalarini boşqarişi, xuddi şuningdek işonçnomalarni, transport vositalarini boşqa şaxsga ötkaziş va ijaraga beriş şartnomalarini belgilangan tartibda röyxatdan ötkazmasdan (hisobga qöymasdan) transport vositalarini boşqarişi - eng kam iş haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solişga sabab böladi) «ikkidan bir qismi» degan sözlar «bir baravari» degan sözlar bilan almaştirildi;
ikkinçi qismining sanksiyasidagi (Transport vositalarini boşqariş huquqi bölmagan şaxslarning şu vositalarni boşqarişi, xuddi şuningdek boşqariş huquqi bölmagan şaxsga transport vositalarini boşqarişning topşirilişi - eng kam iş haqining uç baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi) «uç» degan söz «beş» degan söz bilan almaştirildi;
uçinçi qismining sanksiyasidagi (Transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxslarning bunday vositalarni boşqarişi - eng kam iş haqining beş baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi) «beş» degan söz «ön» degan söz bilan almaştirildi.










