2018 yil 22 oktabrdagi ÖRQ-503-son Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş kiritildi.
131-modda (131-modda. Transport vositalarini mast holda boşqariş):
birinçi qismining sanksiyasi (Haydovçilarning transport vositalarini alkogolli içimlikdan, giyohvand modda ta'siridan yoki özgaça tarzda mast holda boşqarişi - transport vositasini boşqariş huquqidan bir yilu olti oydan uç yilgaça muddatga mahrum etişga sabab böladi) quyidagi tahrirda bayon etildi:
«transport vositasini boşqariş huquqidan bir yilu olti oydan uç yilgaça muddatga mahrum qilib, eng kam iş haqining yigirma beş baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi»;
ikkinçi qismining sanksiyasi (Xuddi şunday huquqbuzarlik transport vositalarini boşqariş huquqi bölmagan şaxs tomonidan sodir etilgan bölsa - eng kam iş haqining öttiz baravari miqdorida jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi) quyidagi tahrirda bayon etildi:
«eng kam iş haqining qirq baravari miqdorida jarima solişga yoki ön beş sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi»;
uçinçi qismining sanksiyasi (Alkogolli içimlikdan, giyohvand modda ta'siridan yoki özgaça tarzda mast şaxsga transport vositasini boşqarişni topşiriş - eng kam iş haqining ön beş baravari miqdorida jarima solişga yoki transport vositasini boşqariş huquqidan ikki yildan uç yilgaça muddatga mahrum etişga sabab böladi) quyidagi tahrirda bayon etildi:
«transport vositasini boşqariş huquqidan ikki yildan uç yilgaça muddatga mahrum qilib, eng kam iş haqining yigirma beş baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi».










