Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yil 9 fevral kuni Yunusobod tumanida bölib, metropoliten qurilişi bilan tanişgan edi.
Davlat rahbari 26 oktabr kuni bu yerga yana bir bor taşrif buyurib, quriliş işlarining borişini közdan keçirdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Hozirgi kunda bu yerda Turkiston va Yunusobod stansiyalari hamda ular oraliğida tunnelni quriş işlari olib borilmoqda.
Uşbu tunnelni yopiq usulda qaziş uçun Germaniyadan “Xerrenktnext” kompaniyasining mexanizatsiyalaşgan majmuasi keltirilgan. Bu ulkan texnika may-sentabr oylari davomida yiğilgan. Soha mutaxassislari Germaniyada malaka oşirib keldi. Köprik quriliş tresti tomonidan tunnel devorlarini mustahkamlovçi tyubinglar işlab çiqariş sexi işga tuşirildi.
Hozirgi kunda tunnel qaziş işlari boşlab yuborilgan.
Prezident uşbu texnik majmuani közdan keçirdi. Mutasaddilarga metro stansiyalarining taşqi körinişi va infratuzilmasi böyiça tavsiyalar berdi.
Transport kommunikatsiyalarini qurişda şaharning kelgusi rivojini hisobga oliş, hamma uçun qulay bölişini ta'minlaş zarurligini ta'kidladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga taşrif buyurgani xabar qilingandi.












