Poytaxtda jamoat transportiga ustuvorlik beriş maqsadida BRT (Bus Rapid Transit) tizimi kengaytirilmoqda. Yangi transport koridori törtta asosiy köçani qamrab oladi.
Loyihaga köra, koridor quyidagi yönalişlardan taşkil topadi:
- Şota Rustaveli köçasi - 6,5 km. Bu yerda BRT tizimi 2025-yildan buyon işlamoqda.
- Şahrisabz köçasi - 3,2 km. Dastlabki 2,2 kilometrlik qismi foydalanişga topşirilgan, qolgan qismida işlar davom etmoqda.
- Amir Temur şohköçasi - 7,6 km. BRT infratuzilmasini barpo etiş işlari boşlangan.
- Yangi Sergeli köçasi - 5,5 km. Loyiha böyiça dastlabki işlar olib borilmoqda.
BRT tizimi faqat avtobuslar uçun alohida harakatlaniş tasmasini taşkil etiş bilan çeklanmaydi.
Koridor böylab svetoforlar yangilanib, keyingi bosqiçda «yaşil tölqin» tizimi joriy etiladi. Şuningdek, katta siğimli avtobuslar uçun zamonaviy bekatlar va platformalar quriladi, avtobuslar soni köpaytiriladi, qatnov jadvallari maqbullaştiriladi.
Bekatlarda avtobuslarning yetib keliş vaqtini körsatuvçi elektron tablolar, videokuzatuv kameralari va SOS tugmalari örnatiladi. Köça yoritiş tizimlari ham yangilanadi.
Şota Rustaveli köçasida avtobuslar tezligi 45 foizga oşgan
Transport vazirligi maʼlumotlariga köra, Şota Rustaveli köçasidagi BRT koridorida 2026-yilgi körsatkiçlar 2023-yil bilan taqqoslanganda, avtobuslarning örtaça harakat tezligi 45 foizga, yengil avtomobillarniki esa 18 foizga oşgan.
Şuningdek, jamoat transportida kunlik yölovçi oqimi 8 052 nafarga yoki 9 foizga köpaygan.
Mazkur natijalar avtobuslar uçun alohida yölaklar taşkil etiş avtomobil harakatiga ham ijobiy taʼsir körsatişi mumkinligini körsatmoqda.
Toşkentda bir kunda qariyb 2,7 million yölovçi qatnovi qayd etilgan
Poytaxtda jamoat transportiga talab yuqoriligiça qolmoqda.













