Dam oliş kunlari Italiya çempionatida 10-tur öyinlari ötkazildi. Unda e'tiborga loyiq bir qança voqealar yuz berdi.
RONALDUNING IKKITA GOLI VA «YuVeNTUS»NING IRODALI ĞALABASI
«Yuventus» safarda «Empoli» bilan bellaşdi. Autsayderlardan biriga qarşi ötkazilgan bahs çempion uçun oson keçmadi.
28-daqiqada mezbonlar kutilmaganda hisobda oldinga çiqib olişdi. Kaputo qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan töpni egallab olib, darvozaning yuqori burçagiga joyladi. Bu gol mehmonlarga salbiy ta'sir qildi va «Yuventus» bölim oxiriga qadar öziga kelolmadi. Ikkinçi bölimni turinliklar faol boşladilar. 54-daqiqada «Empoli» himoyaçisi raqib futbolçisini öz jarima maydonida qöli bilan töxtatib qoldi. Penaltini esa Kriştianu Ronaldu aniq bajarib, hisobni tenglaştirdi.
Şundan söng, taşabbus töliq «Yuventus»ga ötdi. 70-daqiqada Ronaldu çamasi 30 metrlardan kuçli va aniq zarba yöllab, töpni darvozaning töqqizligiga kiritib yubordi. Gol juda çiroyli çiqdi, keyinçalik aynan u ğalaba keltirgani ma'lum böldi. Bu natijadan söng, «Yuventus» 28 oçko jamğarib, peşqadamlikni mustahkamladi.

Öyindan söng, Massimiliano Allegri «Yuventus»ning ğalabasiga quyidagiça izoh berdi: «Ikkinçi bölimda biz köplab vaziyatlarni yaratdik va ğalabaga haqli edik. Ronalduning ikkinçi goli juda çiroyli böldi. Bu haqiqiy afsungarlik edi. Mana şunday lahzalar yoş futbolçilarga zör ta'sir qiladi. Italiyada taktikaga juda köp e'tibor qilinadi. Biz bolalarga oddiy narsalarni örgatişimiz kerak».
Empoli – Yuventus 1:2 (1:0, 0:2)
27 oktabr, «Karlo Kastellani» stadioni
Gollar: 1:0 – 28 Kaputo, 1:1 – 54, penalti Ronaldu, 1:2 – 70 Ronaldu.
Empoli – Provedel, Di Lorentso, Silvestre, Mayyetta, Antonelli (Paskual, 69), Bennaser, Akkua, Traore (la Gumina, 82), Kruniç, Zayts (Uçan, 75), Kaputo.
Yuventus – Şçensni, De Şilo (Bardzali, 90), Rugani, Kellini, Bonuççi, Aleks Sandro, Bernardeski (Kuadrado, 66), Pyaniç (Duglas Kosta, 80), Bentankur, Matyuidi, Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirişlar: Bernardeski (43), Bentankur (45), Traore (58), Dibala (78), Uçan (90).
NeAPOLDAGI KUTILMAGAN NATIJA
«Napoli» öz maydonida «Roma»ni qabul qildi. Mezbonlar butun öyin davomida katta taşabbusga ega bölişdi va köplab xavfli vaziyatlarni yaratişdi. Ammo hisob mehmonlar tomonidan oçildi. 14-daqiqada Under tomonidan jarima maydoniga yetkazilgan töpni himoyaçilar e'tiboridan çetda qolgan El-Şaaravi darvozaga aniq yölladi. Şundan söng, «Napoli» katta kuç bilan oldinga ötib, gol uriş uçun köplab vaziyatlarga ega böldi. Biroq, darvozabon va himoyaçilar bexato harakat qilişdi. Neapolliklar faqat öyinning sönggi daqiqasida darvozani işğol etişdi. Insine töpni jarima maydoniga yetkazganida, Mertens yaqin masofadan uni darvozaga aniq yölladi. Bu natijadan söng, «Napoli» 22 oçko bilan 2-örinda, «Roma» esa 15 oçko bilan 9-örinda bormoqda.

Napoli – Roma 1:1 (0:1, 1:0)
28 oktabr, «San-Paolo» stadioni
Gollar: 0:1 – 14 El-Şaaravi, 1:1 – 90 Mertens.
Napoli – Ospina, Xyusay (Malkyui, 70), Albiol, Kulibali, Mariu Ruy, Kalexon, Allan, Hamşik (Zelinski, 75), Fabian Ruis, Insine, Milik (Mertens, 56).
Roma – Olsen, Santon, Manolas (Fasio, 75), Jyezus, Kolarov, de Rossi (Kristante, 43), Nzonzi, Under (Florentsi, 65), Pellegrini, El-Şaaravi, Jyeko.
Ogohlantirişlar: Jyeko (55), Nzonzi (58), Manolas (68), Pellegrini (80), Olsen (80).
«MILAN» SeRMAHSUL ÖYINDA ĞALABA QOZONDI
«Milan» öz maydonida «Sampdoriya»ni qabul qilib, 3:2 hisobidagi irodali ğalabani qölga kiritdi.
17-daqiqada Kutrone öng qanotdan jarima maydoniga oşirilgan töpni boşi bilan darvozaga aniq yöllab, hisobni oçdi. Biroq, «Sampdoriya» esankirab qolmadi va bunga 2ta gol bilan javob qaytardi. 21-daqiqada Saponara, 31-daqiqada Kvalyarella raqib himoyaçilarini xatolari uçun jazoladi. «Milan» tanaffusga qadar hisobni tenglaştira oldi. Iguain jarima maydoni içida himoyaçilardan çaqqonroq harakat qilib, töpni darvozaga kiritdi. Ikkinçi bölimda Suso individual harakatlari bilan jamoasining ğalabasini ta'minladi. 62-daqiqada uning uzoq masofadan yöllagan aniq zarbasidan söng, darvozabon töpni qaytara olmadi. Bu natijadan söng, «Milan» 15 oçko bilan 5-öringa kötarildi. «Sampdoriya» şunça oçko bilan 6-örinda bormoqda.

Milan – Sampdoriya 3:2 (2:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 17 Kutrone, 1:1 – 21 Saponara, 1:2 – 31 Kualyarella, 2:2 – 36 Iguain, 3:2 – 62 Suso.
«FROZINONe» ILK MAROTABA ĞALABA QOZONDI
«Frozinone» klubi safarda SPAL bilan bellaşdi va mavsumdagi ilk ğalabasini qölga kiritdi. Çibsa, Çiano va Pinamonti gollari mehmonlarga 3:0 hisobidagi yutuqni keltirdi. Bu öyingaça «Frozinone» 2 marta durang öynab, 7 marta yutqazgan edi. Bu natijadan söng, A Seriyada ğalaba qozonmagan faqat «Kevo» qoldi.
SPAL – Frozinone 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 40 Çibsa, 0:2 – 53 Çiano, 0:3 – 89 Pinamonti.
A SeRIYa 10-TURI NATIJALARI
27 oktabr
Atalanta – Parma 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 55, avtogol Galolo, 2:0 – 72 Palomino, 3:0 – 80 Mançini.
Empoli – Yuventus 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 28 Kaputo, 1:1 – 54, penalti Ronaldu, 1:2 – 70 Ronaldu.
Torino – Fiorentina 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 2 Benassi, 1:1 – 13, avtogol Lafon.
28 oktabr
Sassuolo – Bolonya 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 2 Palasio, 1:1 – 17 Marlon, 1:2 – 56 Mbayye, 2:2 – 85, penalti Boateng.
SPAL – Frozinone 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 40 Çibsa, 0:2 – 53 Çiano, 0:3 – 89 Pinamonti.
Kalyari – Kevo 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 15 Pavoletti, 2:0 – 59 Kastro, 2:1 – 79 Stempinski.
Jyenoa – Udineze 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 32, penalti Romulo, 1:1 – 65 Lazanya, 2:1 – 67 Romero, 2:2 – 70 de Paul.
Çetlatiş: Romero (Jyenoa, 74).
Milan – Sampdoriya 3:2 (2:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 17 Kutrone, 1:1 – 21 Saponara, 1:2 – 31 Kualyarella, 2:2 – 36 Iguain, 3:2 – 62 Suso.
Napoli – Roma 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 14 El-Şaaravi, 1:1 – 90 Mertens.
29 oktabr
Latsio – Inter
A SeRIYa JADVALI
A SeRIYa TÖPURARLARI
9 - Kşiştof Pyontek (Jyenoa)
7 - Kriştianu Ronaldu (Yuventus, 1 pen)
6 - Çiro Immobile (Latsio, 1), Lorentso Insine (Napoli)
5 - Leonardo Pavoletti (Kalyari), Rodrigo De Paul (Udineze, 1), Gregore Defrel (Sampdoriya), Gonsalo Iguain (Milan)
A SeRIYa NAVBATDAGI TUR ÖYINLARI
11-tur.
2 noyabr
NAPOLI - EMPOLI
3 noyabr
Inter - Jyenoa
Fiorentina - Roma
Yuventus - Kalyari
4 noyabr
Latsio - SPAL
Kevo - Sassuolo
Parma - Frozinone
Sampdoriya - Torino
Bolonya - Atalanta
Udineze - Milan
HAMŞIK «NAPOLI» ReKORDINI TAKRORLADI
«Napoli» sardori Marek Hamşik A Seriya 10-turidan örin olgan «Roma»ga (1:1) qarşi öyinda klub rekordini takrorladi.

Slovakiyalik futbolçi 511-marta neapolliklar libosida maydonga tuşdi va Juzeppe Bruskolotti körsatkiçiga yetib oldi.
Eslatib ötamiz, Hamşik «Napoli» safida urilgan gollar böyiça ham rekordçidir - 120ta. 31 yoşli futbolçi 2007 yildan beri jamoa şarafini himoya qiladi.
«INTeR» ÖZ TARIXIDAGI ENG YoŞ PReZIDeNTNI TAYINLADI
«Inter» 26 yoşli Stiven Çjan klubning yangi prezidenti bölganini e'lon qildi. U «neradzurri» aksiyalariga egalik qiluvçi Xitoyning Suning Group kompaniyasi rahbarlaridan biri Çjan Jindongning öğli hisoblanadi. Qayd qiliş joizki, Stiven Çjan «Inter» tarixidagi eng yoş prezident böldi.

Sönggi 5 yil davomida klubni indoneziyalik tadbirkor Erik Tohir boşqargan edi.
«MILAN» 72 YILLIK ANTIReKORDNI TAKRORLADI
«Milan» A Seriya 10-turida «Sampdoriya»ni (3:2) hisobida mağlub etdi.
Natijada, «rossoneri» 1946 yildan buyon ilk marotaba Italiya çempionatining qatorasiga 15ta öyinida öz darvozasi daxlsizligini saqlab qololmadi. Sönggi marta «Milan» 15 aprel kuni «Napoli»ga (0:0) qarşi öyinda gol ötkazib yubormagan edi.
2018/19 mavsumida «Milan» barça musobaqalarda 12ta öyin ötkazib, biror marta öz darvozasi daxlsizligini saqlab qololmagan.












