AQŞ prezidenti Donald Tramp fuqarolik töğrisidagi qonunga özgartiriş kiritiş niyatida, unga köra Qöşma Ştatlar hududida tuğilgan migrantlar farzandlari bundan buyon Amerika fuqaroligini olişmaydi. Tramp bu haqda Axios on HBO hujjatli seriali uçun bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Trampning ta'kidlaşiça, unga «hamma» bu qarorni qabul qiliş uçun konstitutsiyaviy tuzatişlar kerakligini aytgan.
«Lekin, bilasizmi nima? Bunga ehtiyoj yöq», - dedi Tramp.
Uning sözlariga köra, u AQŞ kongressidagi aktni çetlab ötib, öz farmoni bilan bunday qaror qabul qilişi mumkin.
Şuningdek, Amerika yetakçisi insonning AQŞga kelişi, farzandlar körişi va ularning avtomatik ravişda Qöşma Ştatlar fuqarosiga aylanişi bilan boğliq vaziyatni «kulgili», deb atadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Trampning oraliq saylovlar oldidan rejalari ma'lum qilingandi.












