Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya kubogi. «Atletiko» va «Valensiya»da g‘alaba, bugun «Barselona» va «Real» ham final bosqichini boshlaydi
Oktyabr oyida uchta raunddan iborat saralash bahslari yakunlangach, 30 oktabrdan boshlab Ispaniya kubogining final bosqichiga start berildi.
Seshanba kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki bahslarda «Atletiko» Kataloniyaga safar qilib, «Sant-Andreu» stadionidan, «Valensiya» esa «Ebro» maydonidan g‘alaba bilan qaytdi. Quyi liga klubi bilan to‘qnashgan yana bir jamoa - «Levante» «Lugo»ni mag‘lubiyatga uchrata olmagan bo‘lsa, La Liganing ikki klubi «Leganes» va «Rayo Valekano» o‘zaro durangga imzo chekdi.
Chorshanba va payshanba kunlari bosqich doirasidagi qolgan o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. «Barselona» va «Real» jamoalari bugun tunda safarda o‘z uchrashuvlarini o‘tkazishadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa g‘olibiga Yevropa ligasining guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma beriladi.
Ispaniya kubogi
1/16 final, dastlabki o‘yinlar
30 oktabr
Ebro – Valensiya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 62 Jonan Amelibia, 1:1 – 71 Santi Mina, 1:2 – 80 Santi Mina.
Chetlatish: Portuga (29, Ebro).
Lugo – Levante 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Errera, 1:1 – 53 Mayoral.
Leganes – Rayo Valekano 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 15 Garsiya, 0:2 – 21 Alegriya, 1:2 – 31 En-Nesiri, 2:2 – 72 En-Nesiri.
Sant-Andreu – Atletiko 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 33 Jyelson Martinsh.
Atletiko – Adan, Savich, Aryas, Xuanfran, Montero, Parti, Rodri Ernandes, Lemar (Korrea, 60), Vitolo, Jyelson Martinsh, Kalinich.
30 oktabr
23:30. Melilya – Real Madrid
00:30. Kordoba – Xetafe
00:30. Alaves – Jirona
00:30. Malorka – Valyadolid
00:30. Kultural Leonesa – Barselona
1 noyabr
16:00. Sporting Xixon – Eybar
20:15. Vilyanovense – Sevilya
20:15. Selta – Real Sosedad
22:30. Almeriya – Vilyarreal
22:30. Kadis – Espanol
00:45. Rasing – Betis
Mavzuga oid
02:38 / 03.04.2025
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
03:01 / 03.03.2023
Ispaniya Kubogi. «Barselona» Madriddagi yarimfinalda «Real»ni mag‘lub etdi
15:34 / 17.04.2021
Angliyada «Chelsi» - «Man. Siti», Ispaniyada kubok finali, Italiyada esa YeChL yo‘llanmalari uchun kurash. Hafta o‘yinlari anonsi
08:41 / 01.03.2019