Ippsviç şahridagi Stoke High maktabida 15 yoşli bolalar bilan öqiyotgan «30 yoşli öquvçi» haqidagi şikoyatlardan söng tekşiruv boşlandi. Ipswich Star naşrining yozişiça, u Erondan kelgan bölib, boşpana va ta'lim oliş uçun yoşi haqida yolğon ma'lumot bergan.

Ismi oşkor qilinmayotgan erkak maktabga uşbu öquv yilida kelgan. Oradan ikki oy ötgaç, sinfdoşlari «30 yoşli odam bizning sinfimizda qanday paydo böldi?» degan yozuv bilan uning fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirişgan.
Uning haqiqiy yoşi haqidagi qaraşlar ham turliça. Ayrim öquvçilar Bi-bi-si bilan suhbatda eronlikni 30 yoşli deb uning ustidan şunçaki kulişganini aytişgan. Ammo ota-onalar agar «qari öquvçi» özining haqiqiy yoşini aytmasa, bolalarini maktabdan çiqarib olişlarini aytişgan.
Britaniya hukumati mazkur holatga aniqlik kiritişga va'da bergan.
Britaniya qonunlariga köra, mamlakatdan boşpana söragan şaxslar öz yoşlarini tasdiqlaşlari şart. Ammo aksariyat qoçoqlar hujjatsiz bölgani uçun ularning yoşiga maxsus xizmatlar tomonidan baho beriladi. Yoşi 18dan kiçik ekanligini tasdiqlay olganlar maktablarga jönatiladi.











