Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premer-ligasining 11-turida «Liverpul» bilan öynadi. Londondagi «Emireyts — Eşberton Grouv» stadionida keçgan uçraşuvda kuçlar teng keldi - 1:1.
Öyindagi hisob 61-daqiqada «Liverpul» yarimhimoyaçisi Jyeyms Milner tomonidan oçildi. 82-daqiqada esa mezbonlar hujumçisi Aleksandr Lyakazett hisobni tenglaştiruvçi golni urdi.
Bu öyindagi 1 oçko evaziga «Liverpul» oçkolari sonini 27taga yetkazgan holda hozirça birinçi öringa kötarilgan, «Arsenal» 23 oçko bilan 4-örinda. 26 oçkoga ega «Mançester Siti» tur doirasidagi öyinini 5 noyabr kuni «Sauthempton»ga qarşi ötkazadi, 5-örindagi «Tottenhem» ham hali 11-tur uçraşuvini ötkazmadi, 22 oçkoga ega jamoa «Vulverhempton»ga qarşi öyin natijasiga köra 4-öringa kötarilib olişi mumkin.
«Arsenal» barça turnirlar doirasidagi mağlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi (14 öyin), «Liverpul» qatorasiga 3 ğalabadan keyin ilk bor oçko yöqotdi.
APLning keyingi turida «Liverpul» «Fulxem»ni qabul qiladi, «kanonirlar» Londonda «Vulverhempton»ga qarşi öynaydi. Ikki uçraşuv ham 11 noyabrga belgilangan.
Angliya çempionati
11-tur
Arsenal – Liverpul 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 61 Milner, 1:1 – 82 Lyakazett.
Arsenal – Leno, Xolding, Kolaşinats (Uelbek, 81), Bellerin, Mustafi, Mxitaryan (Ivobi, 68), Çaka, Torreyra, Özil, Obameyang (Remzi, 73), Lyakazett.
Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner, Fabino, Veynaldum, Mane, Saloh (Matip, 90), Firmino (Şakiri, 80).
Ogohlantirişlar: Fabino (52), Lyakazett (83).












