Rossiyalik tennisçi Karen Xaçanov serbiyalik Novak Jokoviçni mağlub etib, ATP Masters turniri ğolibi böldi. 5,4 mln yevro sovrin jamğarmasiga ega bölgan musobaqa Parijda taşkil etildi. 4 noyabr kuni bölib ötgan uçraşuv 7:5, 6:4 hisobi bilan rossiyalik sportçi foydasiga hal böldi. 

Ta'kidlaş örinli, dunyoning 16-raketkasi finalgaça ATP reytingining Top-10taligidan örin olgan uç tennisçi – amerikalik Jon Izner, avstriyalik Dominik Tim hamda germaniyalik Aleksandr Zverevdan ustun kelişga muvaffaq bölgandi. 

Xaçanov Jokoviçning ğalabali yurişiga barham beriş bilan ATP Masters turniri böyiça Rafael Nadal rekordini takrorlaşga imkon bermadi. Xaçanov ğalabasi uçun taşkilotçilar tomonidan 973 480 yevro pul mukofoti bilan taqdirlandi.