FIFA prezidenti Janni Infantino JÇ-2022 iştirokçilari soni 48 taga oşirilgan taqdirda ham musobaqa davomiyligi 28 kundan ortib ketmasligi kerakligini ma'lum qildi.

«Biz turnir muddatini uzaytira olmaymiz. Bu maqsadga muvofiq emas, oqibatda öyinlarni parallel ravişda ötkazişga töğri kelib qoladi», - degan FIFA rahbarining sözlarini çop etdi Associated Press.

JÇ-2022 iştirokçilari soni borasida yakun qaror 2019 yil mart oyida qabul qilinadi. Ammo, Infantinoning aytişiça, uşbu mundial iştirokçilari sonining oşirilişi ehtimoli juda kam. Bunga sabab sifatida, birinçidan, qişda ötadigan musobaqaning şundoq ham umumiy futbol taqvimiga mos emasligi, ikkinçidan, Qatardagi hozirgi tayyorgarlik miqyosi 48 ta jamoa iştirok etadigan turnirga muvofiq bölmayotgani körsatilmoqda.

«Mintaqadagi hozirgi vaziyat heç kimga sir emas, albatta, bu (iştirokçilar sonining oşirilişi) röy bersa, men faqat xursand bölgan bölardim. Buning ehtimoli qançalik yuqori? Past, ançagina past. Şunday bölsa-da, urinib köriş, örganib çiqiş va muhokama qilişning nimasi yomon?

Agar jamoalar miqdorini oşirişga erişsak, bu futbolning umumiy rivoji uçun yaxşi iş bölgan bölardi» - degan Infantino.

Mundial jamoalarini 16 taga köpaytiriş natijasida öyinlar soni 80 taga yetadi, bunça öyinni 28 kun içida ötkaziş esa hududiy jihatdan kiçik mamlakat – Qatar uçun qiyinçilik tuğdirişi aniq. Bu ba'zi kunlari oltitadan öyinlar bölib ötişini taqozo etadi. Ğoya amalga tatbiq etilişi uçun mamlakat yaqin qöşnilari bilan kelişgan holda mezbonlikni bölişişi kerak böladi. Ammo, ayni paytda, Qatarning Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA bilan siyosiy-iqtisodiy munosabatlarini a'lo darajada deb bölmaydi.

Hozirça şunisi aniqki, hisob böyiça 22-mundialning davomiyligi, taqvimdagi tiğizlik bois, Rossiyada ötgan JÇ-2018ga qaraganda 4 kunga kamroq böladi va 21 noyabrda boşlanib, 18 dekabrda yakuniga yetadi. Qatarliklar tört yildan söng 5 ta şaharda 32 ta jamoani kutib olişga tayyorgarlik körişmoqda, şu maqsadda 8 ta stadion qurilişini boşlab yuborişgan.

Ma'lumot uçun, Kanada, Meksika va AQŞning mezbonligida ötadigan JÇ-2026 da iştirokçi jamoalar sonining 48 ta bölişi rasman tasdiqlab bölingan. 8 yildan keyingi mundial öyinlari uşbu uçta davlatning 16 ta şahrida bölib ötadi.