Prezident Şavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Toşkentda Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi.

2027-yilda Özbekiston va Ozarboyjonda 20 yoşgaça bölganlar örtasidagi futbol böyiça jahon çempionatini ötkaziş uçraşuvning asosiy mavzusi böldi.

12
Prezident matbuot xizmati

FIFA bilan futbolni ommalaştiriş, ayniqsa, yoşlar orasida uşbu sport turiga qiziqişni yanada kuçaytirişga qaratilgan qöşma dasturlarni ilgari suriş borasida samarali hamkorlik yölga qöyilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

11
Prezident matbuot xizmati

Şeriklikni, avvalo, futbolni taşkil etiş va boşqariş tizimini transformatsiya qiliş, yoş isteʼdodlarni kaşf etiş va ularning salohiyatini röyobga çiqarişga kömaklaşiş hamda murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport şifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro saviyada tayyorlaş yönalişlarida yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Özbekistonda FIFA turnirlari va tadbirlarini taşkil etiş hamda Toşkent şahrida federatsiyaning mintaqaviy vakolatxonasini oçiş jarayonini jadallaştirişga alohida eʼtibor qaratildi.