Donald Tramp örmon yonğinlari avj olganligi sababli Kaliforniya ştatida favqulodda holat rejimini e'lon qildi.
AQŞ prezidenti mahalliy hukumatga federal yordam körsatiş töğrisida farmoyiş berdi.
Sönggi ma'lumotlarga qaraganda, yonğinlar oqibatida töqqiz kişi halok bölgan.
Kaliforniyada örmon yonğinlari payşanba kuni boşlandi. Hozirda yonğin maydoni 36 ming gektarga yetdi, olov yetti mingta inşootning kulini kökka sovurdi. 250 mingga yaqin kişi uy-joylarini taşlab ketişga majbur böldi.
San Francisco Chronicle gazetasining yozişiça, mazkur yonğin Kaliforniya tarixidagi eng halokatli yonğin böldi.












