Rossiyada istiqomat qiluvçi Irina Yermolenko «Mulk-Sarmoya BU» AJ (sobiq «Vaqt»)ning 20 foizini sotib oldi. Bundan «Toşkent» Respublika fond birjasi ma'lumotlari darak beryapti.

«KorpInfo» telegram-kanalida e'tibor qaratişlariça, uşbu bitim böyiça aksiyadorlik jamiyati bir aksiyasining birja bahosi 512 sömlik nominal qiymatda 514 sömni taşkil etgan. Bitim böyiça aksiyalar töplami (401 785 dona) aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidan 21,97%ni taşkil qiladi.

Birja bitimining umumiy qiymati 206,51 mln sömga baholandi. Tranzaksiya «Nego board» (blok-treyding) T1 birja maydonçasida ötkazildi.

«Mulk-Sarmoya BU» AJ Özbekistondagi eng yirik brokerlik firmasidir. Nazorat töplami Davlat aktivlarini boşqariş markaziga tegişli.