13 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, suhbatda davlat rahbarlari keng kölamli ikki tomonlama hamkorlikning holati va uni oliy darajada erişilgan kelişuvlar doirasida rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildilar.
Özbekiston va Turkmaniston rahbarlarining muntazam uçraşuv va muloqotlari ikki tomonlama döstlik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytiriş uçun işonçli poydevor bölib xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Prezidentlar özaro tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, sanoat, energetika va qişloq xöjaligida kooperatsiyani kuçaytiriş, samarali transport yölaklarini şakllantiriş, hududlararo va gumanitar almaşuvni faollaştiriş masalalariga alohida e'tibor qaratdilar, deyiladi xabarda.
Tomonlar hamkorlikning eng muhim yönalişlari, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarşi kuraşiş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, energetik salohiyatni samarali rivojlantiriş borasidagi yondaşuv va pozitsiyalari muştarak ekanini qayd etdilar.
Ikki va köp tomonlama keng kölamli hamkorlikni davom ettiriş, şuningdek, xalqaro maydonda taşabbuslarni özaro qöllab-quvvatlaş va mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşiriş muhimligi ta'kidlangan.
Davlat rahbarlari qardoş Özbekiston va Turkmaniston xalqlarining farovonligi yölida köp asrlik döstlik, yaxşi qöşnilik va strategik şeriklik tamoyillariga asoslangan köp qirrali munosabatlarni izçil kengaytiriş va mustahkamlaş borasida intilişlari qat'iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.












