Milliy turizm sohasi rivoji yölida qulay iqtisodiy şaroitlarni şakllantirişga doir islohotlar samaradorligini tubdan oşiriş, uning raqobatbardoşligi va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş, şuningdek jahon bozorlarida milliy turistik mahsulotlarni kompleks tarğib qiliş hamda Vazirlar Mahkamasining topşiriqlarini ijro etiş maqsadida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan 2025 yilgaça bölgan davrda Özbekistonda Turizm sohasini rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasi işlab çiqildi. Mazkur loyiha muhokama va takliflar uçun regulation.gov.uz saytiga joylandi.
Turizm sohasini rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasi quyidagilarni közda tutadi:
- Turistik faoliyatga doir normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş;
- Respublikaning barça hududlarida turizm infratuzilmasini rivojlantiriş;
- Transport infratuzilmasini rivojlantiriş, taşqi va içki transport yönalişlarini kengaytiriş, transportda taqdim etiladigan xizmatlar sifatini oşiriş;
- Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi yölovçi taşuvlar tizimini rivojlantiriş;
- Turistik bozorning turli segmentlariga yönaltirilgan turistik mahsulot va xizmatlar diversifikatsiyasi;
- Içki turizmni rivojlantiriş;
- Xalqaro va içki turistik bozorlarda Özbekistonning turistik mahsulotlarini tarğib qiliş;
- Turizm sohasi uçun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş.
Loyihaga köra, Kontseptsiya yetti bosqiçda amalga oşiriladi, ularning har biri alohida ustuvor yönalişlar böyiça aniq çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanişini közda tutadi.
Hujjatning töliq matni bilan quyida tanişib, soha rivoji uçun xizmat qiluvçi fikr va takliflaringizni qoldirişingiz mumkin.












